Yao aeroporti
| Yao aeroporti Osaka/Yao Airport 八尾空港 Yao Kūkō | |||
|---|---|---|---|
| IATA kodi: - – ICAO kodi: RJOY | |||
| Qisqacha bayon | |||
| Aeroport turi | Fuqarolik | ||
| Operator | Yaponiya Yer, infratuzilma, transport va turizm vazirligi | ||
| Xizmat doirasi | Osaka | ||
| Joylashuvi | Yao, Osaka prefekturasi, Yaponiya | ||
| Dengiz sathidan balandligi | 33 ft / 10 m | ||
| Koordinatalari | 34°35′08″N 135°36′02″E / 34.58556°N 135.60056°E | ||
| Uchish/qoʻnish yoʻlaklari | |||
| Uzunligi | Yuzasi | ||
| ft | m | ||
| 09/27 | 1,490 | Asfalt/beton | |
| 13/31 | 1,200 | Asfalt-beton | |
| AIS Japan[1] | |||
Yao aeroporti (yaponcha: 八尾空港, Yao Kūkō, ICAO: RJOY) – Yaponiyaning Osaka prefekturasi Yao shahrida joylashgan umumiy aviatsiya aeroporti. Osaka vokzalidan 8.1 NM (15.0 km; 9.3 mi) janubi-sharqda joylashgan[1]. Ushbu aeroportda Yaponiya Quruqlikda oʻzini mudofaa qilish kuchlarining Oʻrta armiya aviatsiya guruhi, Osaka prefekturasi politsiyasining aviatsiya korpusi hamda Osaka munitsipal oʻt oʻchirish boshqarmasining vertolyot boʻlinmasi joylashgan.
Asahi Airlines va Hankyu Airlines kabi bir nechta kichik aviakompaniyalar Yaodan sayohat va charter (buyurtmaviy) reyslar amalga oshiradi.
Yao aeroporti – Yaponiya boʻyicha mintaqaviy (ikkinchi darajali) aeroportlar orasida yagona doimiy reyslarga ega boʻlmagan aeroportdir.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aeroport dastlab 1938-yilda Hanshin aviatsiya maktabi sifatida tashkil etilgan. Oradan ikki yil oʻtib, havo maydoni armiya tomonidan egallab olinib, Taishō havo maydoni deb nomlanib kengaytirildi. Ikkinchi jahon urushidan soʻng, bosqinchi kuchlar uni Hanshin havo maydoni deb atagan. Keyinchalik esa u yana Yaponiyaning nazoratiga qaytarildi[2].