Yangi angren issiqlik elektr stansiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Yangi angren issiqlik elektr stansiyasi — Oʻzbekiston energetika tizimidagi yirik issiqlik elektr st-yasi; unitar korxona. Toshkent viloyati Angren shahri yaqinidagi Nurobod shaharchasida joylashgan. st-yaning oʻrnatilgan quvvati 2100 MVt, har biri 300 MVt quvvatli 7 energoblokka ega. st-ya qurilishi va tayyorgarlik ishlari 1976 yilda boshlangan. 1985 yil 3 aprel

da st-yaning 1energobloki foydalanishga topshirilgan. 1995 yil 23 avg .da 7energoblok ishga tushirilgan. Energobloklarning asosiy yoqilgʻisi 1blokdan 5blokkacha — koʻmir va gaz, rezerv yoqilgʻi — mazut; 6 va 7bloklarda — gaz, zaxira yoqilgʻi — mazut. Fargʻona vodiysi, Toshkent shahri va OlmaliqOhangaron sanoat r-ni korxonalarini elektr quvvati bilan taʼminlaydi. Quvatlar 220 va 500 kV elektr uzatish liniyalari orqali tarqatiladi. 2003 yilda 5588,5 mln. kVtsoat elektr energiyasi ishlab chiqarildi, isteʼmolchilarga 132 ming Gkal issiqlik energiyasi berildi.