Kontent qismiga oʻtish

Yangi Juma masjidi

Koordinatalari: 41°00′04″N 39°43′21″E / 41.00111°N 39.72250°E / 41.00111; 39.72250
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Masjid
Yangi Juma masjidi
turkcha: Yeni Cuma Camii
Fayl:Hagios Eugenios Trabzon. JPG
Yangi Juma masjidi
Mamlakat  Turkiya
Shahar Trabzon
Koordinatalar 41°00′04″N 39°43′21″E / 41.00111°N 39.72250°E / 41.00111; 39.72250
Binokorlik sanasi 1461-yil


Yangi Juma masjidi (turkcha: Yeni Cuma Camii) – Turkiyaning Trabzon shahrida joylashgan masjid. Dastlab Vizantiya imperiyasi davrida shahar homiyi Avliyo Eugeniusga bagʻishlab Agios Eugenios cherkovi sifatida qurilgan. Shahar 1461-yilda sulton Mehmed II Fotih tomonidan bosib olinganidan soʻng, oʻsha shahardagi koʻplab cherkovlar singari masjidga aylantirilgan.

Cherkovning aniq qachon qurilgani nomaʼlum, ammo tadqiqotchilar uni bazilika deb hisoblashadi. Binoning yonidan 1291-yilga oid yozuv topilgan. Biroq 1222-yilda Trabzonni qamal qilish paytida shahar aholisining qarshiligidan gʻazablangan Sulton Melik binoning yuqori devorlarini buzib tashlashni va polni buzib, olib tashlashni buyurgan. Shu sababli hozirgi bino aynan shu voqealardan keyin qurilgan boʻlishi mumkin[1].

Sayohatchi va jurnalist Jakob Philipp Fallmerayer XIX asrning boshlarida Trabzonga tashrif buyurganida binoning ichkarisida Alexios I dan Alexios III gacha boʻlgan imperatorlarning rasmlari qoldiqlarini koʻrganligini xabar qilgan. Har bir rasmga tegishli sarlavha hamda shaxsning ismi yozilgan boʻlgan. Biroq tarixchi va arxeolog Gabriel Millet bino ustida tekshiruv olib borgan paytga kelib, bu yozuvlar yo’qolib ketgan. Shunga qaramay, Millet kirish joyining chap tomonida rasmlarning izlari qolganini tasdiqlagan[2].

Meʼmorchiligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Minora 1461-yilda Usmoniylar istilosidan keyin masjidga aylantirilgan cherkovning shimoliy eshigi atrofidagi maydonga qoʻshilgan. Tosh mehrob barokko uslubida, minbar esa yogʻochdan hech qanday bezaklarsiz ishlangan[3].

  1. John Lazaropoulos, Synopsis, ll. 1319-1321; translated by Jan Olof Rosenqvist, The Hagiographic Dossier of St Eugenios of Trebizond in Codex Athous Dionysiou 154 (Uppsala: University Press, 1996), p. 319
  2. "Mais on distingue encore, à gauche de la porte, un personnage vêtu du loros; un autre semble tenir un sceptre; à droite, un troisième agenouillé, présente un objet, sans doute l'église, dont il est le fondateur, au saint assis et vêtu, comme tous les martyres, du costume byzantin." Millet, „Les monastères et les églises de Trébizonde“, Bulletin de Correspondance Hellénique, 19 (1895), p. 428
  3. „Trabzon camileri“. Karalahana.com. 2011-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 29-oktyabr.