Kontent qismiga oʻtish

Yan Diomande

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Yan Diomande
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 2006-yil 14-noyabr (2006-11-14) (20 yosh)
Tavallud joyi Abidjan, Kot-dʼIvuar[1]
Boʻyi 1.80m[1]
Ampluasi Vinger
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Real Madrid
Raqami 49
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Yulee Hornets
2022—2024 DME Academy
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2023—2024 Frenzi
2025 Leganés B 3 (0)
2025 Leganés 10 (2)
2025—2026 RB Leipzig 33 (12)
2026— Real Madrid 3 (0)
Milliy terma jamoa‡
2022 Kot-dʼIvuar U17 1 (1)
2025— Kot-dʼIvuar U23 1 (0)
2025— Kot-dʼIvuar 14 (3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2026-yil 16-may uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2026-yil 30-iyun uchun)

Yan Diomande (2006-yil 14-noyabrda tugʻilgan) — ivuarlik professional futbolchi, Bundesliganing RB Leipzig klubi va Kot-d’Ivuar terma jamoasida vinger sifatida oʻynaydi.

Diomande oʻzining professional futbolchilik faoliyatini 2022-yilda AQShdagi DME akademiyasi bilan shartnoma imzolashdan boshlagan. U, shuningdek, „AS Frenzi“ safida toʻp surib, jamoaning 2023-yilda UPSL Premyer-divizioni chempionligini qoʻlga kiritishiga yordam bergan. DMEda oʻynab yurgan kezlarida Diomande Yevropaning bir qator klublari, jumladan, „Rangers“, „Chelsea“, „Crystal Palace“, „Bournemouth“ va „Olympiacos“ koʻrigidan oʻtgan. U 2025-yil yanvarida „Leganés“ safiga qoʻshilgan, soʻng oʻsha yilning iyul oyida xabarlarga koʻra 20 million yevro evaziga „RB Leipzig“ga oʻtgan. Germaniyadagi bir mavsumdan soʻng, Diomande 2026-yil avgustida 125 million yevro hamda qoʻshimcha 15 million yevrolik bonuslar evaziga „Real Madrid“ tarkibiga kelib qoʻshildi va klub tarixidagi rekord xarid hamda eng qimmat afrikalik futbolchiga aylandi.

  1. 1 2 „Diomande, Yan“. DME Sports. Qaraldi: 2025-yil 31-mart.