Yalanish kasalligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yalanish Kasalligidan yoʻnaltirildi)

Yalanish kasalligi — hayvonlarda moddalar almashinuvi buzilishi natijasida paydo boʻladigan kasallik. Asosan, qoramollarda uchraydi. Bundan tashqari, qoʻylarda jun yeyish, parrandalarda pat choʻqish shakllari uchraydi, Yalanish kasalligi organizmda mineral moddalar, jumladan, natriyning ishqoriy tuzlari, kobalt, yod, marganets, rux kabi mikroelementlar, vitaminlar, aminokislotalar yetishmasligi tufayli kelib chiqadi. Kasallik boshlanishida hayvon devor va oxurlarni yalaydi, toʻshamadagi chirigan somon, suyak, tosh, latta, qogʻoz va junlarni yeydi. Kasal hayvon ozadi, terisi quriydi, anemiya, ich qotish, ich ketish kuchayadi, mahsuldorligi kamayadi. Kasallik avj olganda hayvon butunlay ozib ketadi, hatto oʻlishi mumkin. Shuningdek, raxit, osteodistrofiya, quturish, jigar yalligʻlanishida ham Yalanish kasalligi belgilari kuzatiladi. Tashxis kasallikning klinik belgilari, ozuqa ratsioni tahlili va tabiiyxoʻjalik sharoitlariga qarab qoʻlladi.

Davolash: ozuqa ratsioniga yetishmagan mineral moddalar, vitaminlar va aminokislotalar qoʻshiladi.

Oldini olish: ozuqa ratsioni yaxshilanadi va mol boqish sharoiti oʻzgartiriladi.