Yahyo ibn al-Qosim
| Yahyo ibn al-Qosim | |||||
|---|---|---|---|---|---|
| Marokash amiri | |||||
| Saltanat | nomaʼlum – 905 | ||||
| Oʻtmishdoshi | Ali II ibn Umar | ||||
| Davomchisi | Yahyo IV ibn Idris | ||||
| Tugʻilishi | nomaʼlum | ||||
| Vafoti | 905 | ||||
| |||||
| Sulola | Idrisiy | ||||
| Otasi | al-Qosim ibn Idris | ||||
| Dini | Islom | ||||
Yahyo III ibn al-Qosim (arabcha: يحيى الثالث بن القاسم) – Idrisiy hukmdori.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yahyo ikkinchi Idrisiy hukmdori Idris IIning (h. 808–828) kenja oʻgʻillaridan biri al-Qosimning oʻgʻli edi[1][2]. Al-Qosim oilasi shimoliy Marokashni, xususan Tanjer, Basra va Seuta shaharlarini nazorat qilgan[2], hamda 860-yillarda bir muddat Idrisiylar poytaxti Fesning gʻarbiy yarmi ham ularning qoʻl ostida boʻlgan[3].
al-Miqdam taxallusi bilan tanilgan Yahyo Fosning Qayravon mahallasi aholisi tomonidan shaharga xorijiy qoʻzgʻolonchi Abdurazzoq bostirib kirganida yordamga chaqirilgan[2]. Yahyo qoʻzgʻolonchilarni quvib chiqardi va anʼanaga koʻra, 905-yilda vafot etguniga qadar sakkizinchi Idrisiy amiri sifatida hisoblanadi[4].
Zamonaviy tarixchilarning fikricha esa, uning Fos ustidan hukmronligi uzoq davom etmagan boʻlishi kerak: amakiysi Dovud 877-yilda shaharga hokimlik qilgan koʻrinadi, shuningdek, numizmatik manbalar 880–893-yillar oraligʻida poytaxt boshqasir amakisi Iso naslidan boʻlgan Idrisiylar sulolasining boshqa bir urugʻi aʼzolari tomonidan boshqarilganini koʻrsatadi[2].
Yahyo 905-yilda sulolaning boshqa bir urugʻidan boʻlgan amakivachchasi Yahyo IV qoʻshinlariga qarshi jangda halok boʻlgan[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Eustache 1971, ss. 1035, 1036.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 Benchekroun 2018.
- ↑ Eustache 1971, s. 1035.
- ↑ 4,0 4,1 Eustache 1971, s. 1036.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Benchekroun, Chafik T. (2018). "Idrīsids". in Fleet, Kate; Krämer, Gudrun; Matringe, Denis et al.. Encyclopaedia of Islam (3- nashri). Brill Online. doi:10.1163/1573-3912_ei3_COM_32374. ISSN 1873-9830. https://doi.org/10.1163/1573-3912_ei3_COM_32374.
- Eustache, D. (1971). "Idrīsids". in Lewis, B.. Encyclopaedia of Islam. Volume III: H–Iram (2nd nashri). Leiden: E. J. Brill. 1035–1037 b. doi:10.1163/1573-3912_islam_SIM_3495. OCLC 495469525. https://referenceworks.brillonline.com/search?s.q=Idr%C4%ABsids&s.f.s2_parent=s.f.book.encyclopaedia-of-islam-2&search-go=Search.
| Oldingisi | Idrisiy amiri nomaʼlum–905 |
Keyingisi |