Kontent qismiga oʻtish

Yahyo ibn Saʼid al-Qattan

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Yahyo ibn Saʼid al-Qattan
يحيى بن سعيد القطان
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi 120-hijriy/738-milodiy
Vafoti 198-hijriy/813-milodiy
Dini Islom
Asosiy qiziqish(lar)i Hadis, ilm ar-Rijol

Yahyo ibn Saʼid al-Qattan (arabcha: يحيى بن سعيد القطان‎; 120-hijriy/738-milodiy – 198-hijriy/813-milodiy) – Taba tobeinlar davriga mansub basralik hadis olimi[1].

Yahyo ibn Saʼid 120-hijriy/738-milodiy yilda Basrada dunyoga kelgan; u Banu Tamimdan boʻlgan ozod qilingan qullar avlodidan edi. Paxta savdosidagi faoliyati tufayil al-Qattan nisbasini olgan. Hadis izlab Madina, Bagʻdod va Kufaga safar qilgan[2]. Yigirma yil davomida Shu’ba ibn al-Hajjaj darslarini, shuningdek, Sufyon Savriy darslarini tinglagan. Uning boshqa ustozlari orasida tilshunos Hammad ibn Salamah, faqihlar Malik ibn Anas va al-Awzaʼi bor edi[2], hamda Ibn Jurayj boʻlib, u haqidagi saqlanib qolgan biografik maʼlumotlarning salmoqli qismi al-Qattan orqali yetib kelgan[3]. Shogirdlari orasida Ahmad ibn Hanbal, Ali ibn al-Madini, Yahyo ibn Maʼin[4] va Isʼhoq ibn Rahova bor edi[2]. Rivoyat qilinishicha, u hozirgacha yetib kelmagan ikki asar muallifi boʻlgan: al-Ḍuʿafā (ishonchsiz roviylar haqidagi kitob) va Kitāb al-Maghāzī[2]. Ibn Saʼid 198-hijriy/813-milodiy yilda Basrada vafot etgan[2].

  1. Little, Joshua „A Famous Report About Pious Fabrication in Hadith“ (en-GB). Islamic Origins (2022-yil 9-noyabr). 2024-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 17-dekabr.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 Ahatlı, Erdinç „YAHYÂ b. SAÎD el-KATTÂN“ (tr). İslâm Ansiklopedisi. Qaraldi: 2024-yil 17-dekabr.
  3. Motzki 2002, p. 284
  4. Motzki 2002, pp. 249-250