Yahyo ibn Ali ibn Hammud al-Muʼtaliy
| Yahyo ibn Ali ibn Hammud al-Muʼtaliy | |
|---|---|
|
Amir Yahyo ibn Ali ibn Hammud al-Mu’taliy hukmronligi davrida chiqarilgan dirham tanga. | |
| 8-Kordova amiri (ilk hukmronlik davri) | |
| Saltanat | 1021–1023 |
| Oʻtmishdoshi | al-Qosim al-Maʼmun |
| Davomchisi | al-Qosim al-Maʼmun |
| (ikkinchi hukmronlik davri) | |
| Saltanat | 1025–1026 |
| Oʻtmishdoshi | Muhammad III |
| Davomchisi | Hishom III |
| Málaganing 1-hukmdori | |
| Saltanat | 1026–1035 |
| Oʻtmishdoshi | yangi lavozim joriy etilgan |
| Davomchisi | Málaga |
| Sulola | Hammudiylar sulolasi |
| Otasi | Ali ibn Hammud |
| Dini | Islom |
Yahyo ibn Ali ibn Hammud al-Mu’taliy (arabcha: يحي بن علي ين حمّود المعتلي; 1035-yilda vafot etgan) – Al-Andalusdagi Hammudiylar sulolasi davrida Kordova xalifasi. Dastlab 1021-yildan 1023-yilgacha, keyinchalik 1025-yildan 1026-yilgacha hukmronlik qilgan. Xalifa Ali ibn Hammudning oʻgʻli.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]1016-yilda Seuta gubernatori boʻlgan, bu unvonni otasidan keyin olgan. Otasining vafotidan keyin Yahyo amakisi al-Qosim al-Maʼmunni xalifa sifatida tan olishdan bosh tortdi. Málagaga yetib kelgach, u berber qoʻshini bilan Kordovaga yoʻl oldi. Al-Qosim shaharni tashlab chiqib, Sevilladan boshpana topdi. Yahyo 1023-yilgacha taxtni egallab turdi, soʻngra al-Qosim yana taxtni qayta egallashga muvaffaq boʻldi. Biroq tez orada u ham Umaviylar tarafdorlari tomonidan agʻdarildi va ular Abdurahmon V ni xalifa sifatida taxtga koʻtardi.
Yahyo Málagaga koʻchib oʻtdi va va Jerez de la Fronterada al-Qosimni qoʻlga olib, qatl qildirdi. 1025-yilda u yana bir qoʻshin toʻplab Kordovaga yurish qildi. Bu xabarni eshitgan xalifa Muhammad III esa shaharni tashlab, Saragosaga qochdi. Kordova zodagonlari xalifaning yoʻqligida shaharni boshqarish uchun kengash tuzdilar. Biroq oradan olti oy oʻtgach, ular Yahyoni Kordovaga kelib, xalifalik unvonini qabul qilishga chaqirishdi. Yahyo 1025-yil 9-noyabrda shaharga kirib keldi. Oradan bir necha kun oʻtgach, u hukumatni oʻzining vaziri Abu Jaʼfar Ahmad ibn Musoga topshirdi va oʻzi xavfsiz qoʻrgʻoni boʻlgan Málagaga qaytib ketdi.
Kordovadagi gʻalayonlar Hammudiylar sulolasining tugatilishiga olib keldi. 1026-yil iyun oyida xalq Yahyo tomonidan tayinlangan vazirni quvib chiqardi va hokimiyatga Umaviylardan boʻlgan Hishom III ni sayladi.
Yahyo esa Kordovadan butunlay quvilgach, mustaqil Málaga qirolligini tuzdi va 1035-yilda vafotiga qadar ushbu qirollikni boshqardi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Altamira, Rafael „Il califfato occidentale“, . Storia del mondo medievale, 1999 — 477–515-bet.
| Oldingisi | Kordova amiri 1021–1023 |
Keyingisi |
| Oldingisi | Kordova amiri 1025–1026 |
Keyingisi |
| Oldingisi yangi lavozim
|
Málaga 1026–1035 |
Keyingisi |