Kontent qismiga oʻtish

Yago (Alovuddin)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Yago
Ilk bora koʻringan Aladdin (1992)
Muallif(lar)
Jonlantirgan(lar) Don Darryl Rivera (Broadway myuzikli)
Ovoz bergan(lar)
Umumiy maʼlumotlar
Irqi Qizil lory
Yashil qanotli ara (2019-yilgi film)

Yago – Walt Disney Pictures kompaniyasining Aladdin (1992) animatsion filmi, shuningdek, The Return of Jafar (1994), Aladdin and the King of Thieves (1996) kabi toʻgʻridan-toʻgʻri videoga tushirilgan davomiy qismlari hamda televizion serialdagi xayoliy obrazdir. Qizil patli, antropomorf xususiyatlarga ega gapiruvchi toʻtiqush boʻlgan ushbu qahramonga barcha animatsion koʻrinishlarida 2022-yilda vafot etguniga qadar Gilbert Gottfried ovoz bergan. Alovuddinning jonli ijrodagi moslashtirilgan talqinida esa Alan Tudyk ovoz bergan, 2023-yildagi Disney+ maxsus filmi Lego Disney Princess: The Castle Questda Barrett Leddy[1], 2023-yildagi kross-over qisqa metrajli film Once Upon a Studioda Piotr Michael ovoz bergan.

Yago ilk filmda franshizaning birinchi asosiy yovuz qahramoni boʻlgan Jafarning yordamchisi sifatida namoyon boʻladi; u bir vaqtning oʻzida ham kulgi uygʻotuvchi personaj, ham dastlabki ikkinchi darajali antagonist. Keyingi filmlar va serial davomida u asta-sekin oʻzini yaxshilik tomon oʻzgartiradi, bosh qahramonlar tomoniga oʻtadi va The Return of Jafar filmida asosiy qahramonlardan biriga aylanadi. Uning ismi William Shakespearening Othello tragediyasidagi yovuz qahramonga ishora sifatida qoʻyilgan.

Ishlab chiqish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Howard Ashmanning Aladdin filmi uchun yozgan dastlabki syujet ishlanmasida Yago (avvalgi nomi Sinbad) aslida Jafar bilan ishlaydigan „britaniyalik“ xotirjam va jiddiy obraz sifatida tasavvur qilingan edi. Oʻsha paytdagi konsepsiyada Jafar ancha sergʻayrat, kulgili va jizzaki qahramon boʻlgan. Keyinchalik ijodkorlar ularning xarakterlarini keskin almashtirishdi, chunki Jafarning tahdidliroq koʻrinishi zarur edi. Shuningdek, ular Gilbert Gottfriedning Beverly Hills Cop II filmidagi ijrosini koʻrib, Yagoga ovoz berish uchun aynan uni taklif qilishgan[2].

Ssenariy muallifi Terry Rossio oʻzining Wordplay saytidagi izohida Yago konsepsiyasining bir gʻoyasini ulashgan: unga koʻra, Jafar sehr-jodu bilan shugʻullanayotganda fikrini chalgʻitmasligi uchun oʻz hissiyotlarini uy hayvoni Iagoga koʻchiradi. Rossioning qayd etishicha, Yago juda kichkina qush boʻlgani uchun bunday hissiy yukni koʻtara olmaydi va „natijada patli Gilbert Gottfriedga“ aylanadi[3]. Bundan tashqari, Yagoning animatori Will Finn qahramon dizayniga Gottfriedning baʼzi tashqi belgilarini, xususan, uning yarim yumuq koʻzlari va doimo koʻrinib turadigan tishlarini kiritishga harakat qilgan[4].

Gottfried oʻzining ovoz berish faoliyati aslida 1992-yildagi filmda ushbu personajga ovoz berganidan keyin boshlanganini aytgan. „… bu haligacha davom etib kelayotgan narsalardan biri“, dedi u. „Aslida u menga boshqa ovoz berish ishlariga yoʻl ochib berdi[5][6].“

Gottfriedning sahnadagi obrazlari uni hazil-mutoyiba qiluvchi, zukko Yago roliga tanlanishiga sabab boʻlgan[7]. Koʻpincha u „Yago yigit“ yoki shunga oʻxshash nomlar bilan ataladi; hatto koʻp hollarda odamlar uni ismi bilan emas, balki aynan shu ovoz roli orqali tanishadi[8][9].

Tomoshabinlar tomonidan qabul qilinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

The Return of Jafarga yozilgan koʻplab taqrizlarda Yago filmning haqiqiy yulduzi sifatida tasvirlangan: „Syujet Alovuddin oʻz hayotini saqlab qolgani uchun Jafarning sobiq hamrohi Yagoga (hazilkash toʻtiqushga) qarzdor boʻlib qolganida yanada murakkablashadi. Halollik va sadoqat masalalari bilan kurashayotgan Yago filmning markaziga aylanadi; u Alovuddinga sodiq qolish yoki yana Jafarning yovuz bosimlariga boʻysunish oʻrtasida ichki ziddiyatga duch keladi[10].“

Ommaviy madaniyatda

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yagoning ovozlarni (masalan, Alovuddinning ovozini) taqlid qilish qobiliyatiga Saturday Night Live koʻrsatuvining bir epizodida namoyish etilgan „Real Housewives of Disney“ nomli parodiyada ishora qilingan[11].

  1. Milligan, Mercedes „Trailer: LEGO Disney Princesses Click in 'The Castle Quest'“. Animation Magazine (2023-yil 8-avgust). Qaraldi: 2024-yil 13-aprel.
  2. John Musker, Ron Clements. Aladdin: Platinum Edition (Disc 2) [DVD]. Walt Disney Home Video.
  3. Rules.html The Rules wordplayer.com
  4. Pop Up Fun Facts. [DVD]. Aladdin Platinum Edition Disc 1: Walt Disney Home Video. 2004.
  5. Kelly-Ann Franklin. „Comedian who voiced Aflac duck coming to Mohegan Sun“. The Bulletin (2011-yil 13-iyul). 2013-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 15-noyabr.
  6. „About Gilbert“. GilbertGottfried.com. 2012-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 1-mart.
  7. Burger, David „Interview with Gilbert Gottfried, performing in Utah this weekend“. The Salt Lake Tribute (2011-yil 5-avgust). 2012-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 15-avgust.
  8. „What to read, what art to see and what concerts to go to this week“. Las Vegas Weekly (2011-yil 3-avgust). 2012-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 15-avgust.
  9. „The Man Behind Iago Enjoying a Grate Career“. Philadelphia Daily News (1994-yil 30-iyun). 2012-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 23-avgust.
  10. Sinclair, Dawn. „Disney's 'Return of Jafar' a Nimble Follow-Up to 'Aladdin'“. Chicago Tribune (1994-yil 20-may). 2011-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 15-avgust.
  11. Friar, Christine. „The Real Housewives Of Disney: 'SNL' Pitches A New Bravo Series (VIDEO)“. The Huffington Post (2012-yil 4-mart). 2012-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 25-mart.