Yadro modellari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yadro Modellaridan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Yadro modellari — atom yadrosining turli xossalarini oʻrganish uchun tuziladigan tasavvurlar. Shu vaqtgacha olimlar tomonidan tavsiya etilgan Yadro modellarining birortasi ham yadroning xossalarini toʻliq yoritib bera olmaydi. Shu sababli, bir necha Yadro modellari qoʻllaniladi. Ayniqsa, tomchisimon va qobiqsimon modellardan samarali foydalaniladi.

Yadroning tomchisimon modeliga koʻra, atom yadrosini zaryadlangan suyuqlik tomchisiga oʻxshatish mumkin. Suyuqlik tomchisidagi molekulalar molekulyar tutinish kuchlari bilan bogʻlangani kabi, yadroni tashkil qiluvchi nuklonlar ham oʻzaro yadro kuchlari bilan bogʻlangan.

Yadroning qobiqsimon modeliga qoʻra, yadroda ham, xuddi atomdagidek, diskret energetik sathlar boʻlib, ular nuklonlar bilan toʻldiriladi. Bir-biriga yaqin energetik sathlardagi nuklonlar yadro qobiqlarini hosil qiladi. Yadrolarning 2, 8, 14, 20, 28, 50 va 126 ta nuklonlar bilan toʻldirilgan qobiqlari mavjudligi aniqlangan. Bu sonlar sehrli sonlar deyiladi. Aniqlanishicha, nuklonlar soni sehrli sonlarga teng boʻlgan yadrolar boshqalariga qaraganda turgʻunroq boʻlar ekan.