Biznesfond

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Biznesfond, Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash fondi — OʻzRda xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirishga koʻmaklashuvchi maxsus nodavlat tuzilmasi, ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati. 1993 i. 21 iyulda "Kichik va oʻrta biznesni rivojlantirishga koʻmaklashuvchi fond" nomi bilan tashkil etildi (1995 yil 26 iyulda hozirgi nomda qayta tuzildi). Biznesfond Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va Toshkent shahrida 14 boshqarma, 174 axborotkonsalting markazlariga ega. Biznesfond "Aksiyador jamiyatlar va aksiyadorlarning huquqdarini himoya qilish toʻgʻrisida"gi qonun (25.4.1996)ga muvofiq ish yuritib, dehqon (fermer) xoʻjaliklarini rivojlantirish; qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash; mahalliy sanoatni rivojlantirish; qurilish va qurilish industriyasi; xizmat koʻrsatish sohalarini rivojlantirish; turizm kabi sohalardagi ishbilarmonlik faoliyatini imtiyozli kredit bilan taʼminlaydi. Kreditlash muddati 3 — 10 yil, toʻlovlar muddatini 2 — 5 yilgacha uzaytirish mumkin. Kredit foiz qoʻyilmasi 10 — 25%. Biznesfond kapitali OʻzR Davlat mulk qoʻmitasining davlat mulkini sotishdan tushgan tushumlaridan (30%), Bandlikka koʻmaklashuvchi fond tushumlaridan (10%), OʻzR rezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar va xalqaro moliya tashkilotlarining mablagʻlari va boshqa mablagʻlardan shakllanadi.

Anvar Yusupov.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil