Xususiy huquq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Xususiy huquq - fuqarolar va yuridik shaxslarning mulkiy va ayrim boshka munosabatlarini tartibga soluvchi huquq tarmoqdari. Umum manfaatlarini tartibga soluvchi va muhofaza qiluvchi ommaviy huquqdan farkli ravishda Xususiy huquq yakka mulkdorlar va birlashmalar (korporatsiyalar)ni ularning mulkiy faoliyatidagi va shaxsiy munosabatlaridagi mustakilligi va tashabbusiga asoslangan xususiy manfaatlarini ifoda etuvchi munosabatlarni tartibga soladi. Xususiy huquqning asosini fuqarolik huquqi, shuningdek, turli koʻrinishlardagi savdo huquqi (savdo huquqi amal kiladigan davlatlarda) tashkil etadi.