Xususiy ayblov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Xususiy ayblov — ayrim kategoriyadagi jinoiy ishlar boʻyicha sud ishlarini yurgizish tartibi; bunday jinoiy ishlar, odatda, faqat jabrlanuvchining aybdorni javobgarlikka tortishni soʻrab bergan shikoyat arizasi bilan qoʻzgʻatiladi. Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat protsessual qonunida Xususiy ayblov tartibida ish koʻrish qisman mavjud boʻlib, u jinsiy erkinlikka qarshi jinoyat ishlari asosidagina qoʻzgʻatiladi (Oʻzbekiston Respublikasi JK 118moddasining 1qismi va 119moddasining 1qismi). Jabrlanuvchi nochor ahvolda qolganligi tufayli, ayblanuvchiga qaram boʻlganligi yoki boshqa sabablarga koʻra, huquqini va qonuniy manfaatlarini shaxsan oʻzi himoya qila olmaydigan favqulodda hollarda prokuror jabrlanuvchining arizasisiz ham jinoyat ishini qoʻzgʻatadi.