Xudoning nomlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Xudoning 99 nomidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Bu maqolada Allohning goʻzal ismlari (arabcha: أسماء الله الحسنى, ʾasmāʾ allāh al-Ḥusnā) va ularning mazmuni berilgan. Qurʼonning Aʼrof surasi 180-oyatida Alloh ismlari haqida shunday deyiladi:

« Allohning goʻzal ismlari bordir. Bas, uni oʻsha ismlar bilan chorlangiz (yod etingiz),Uning ismlarida haqdan ogʻib (nooʻrin joylarda ularni qoʻllaydigan mushrik) kimsalarni tark qilingiz“ »

. Bu ismlar 99 ta. Ular musulmon ilohiyotida muhim oʻrin tutadi. Alloh ismlari koʻp duolarda qoʻshib aytiladi. Qur’onning Hashr surasida (22-24 oyatlar) Allohning goʻzal ismlarining qisqa roʻyxati bor: ar Rahmon, ar-Rahim, al-Malik, al-Quddus, as-Salom, al-Moʻmin, al-Muhaymin, al-Aziz, al-Jabbor, al-Mutakabbir, al-Xoliq, al-Bori’, al-Musavvir. Boshqa hamma ismlar Qur’onning turli joylarida uchraydigan Alloh sifatlaridan kelib chiqadi va ular bilan bogʻlangan feʼllardan hosil boʻlgan. 99 ta ism roʻyxati Abu Hurayra (601-679) rivoyat qilgan hadisda bor. Ana shu hadisga koʻra, Muhammad 99 raqamini keltirgan va har kim Allohning mazkur ismlarini birma-bir aytib chiqsa, albatta jannatdan joy ato qilinadi degan. Boshqa Hadis toʻplamalrida ham Alloh ismlari roʻyxati keltiriladi.

Ismlar roʻyxati va maʼnosi[tahrir]

# Arabcha Oʻqilishi Tarjima va maʼnolari Qur’ondagi manbasi
1 الله Alloh Xudoning ismi. Barcha suralarning (bittasidan tashqari) boshlanishida qoʻllaniladi
2 الرحمن Ar-Rohmān Mehribon — Ulugʻ neʼmatlarni beruvchi.Bu sifatfaqat Allohga xos boʻlib, barchaga kofirga ham, moʻminga ham mehribon va neʼmat beruvchi maʼnosini anglatadi.Rahmon sifatini Alloh taolodan boshqa hech kimga nisbatan ishlatib boʻlmaydi. Rahmon surasi.
3 الرحيم Ar-Rohīm Rahmli — „Rohiym“ latif neʼmatlarni beruvchi.Bu sifat xosroq boʻlib, qiyomat kuni faqat moʻminlarga rahm qiluvchi maʼnosini anglatadi.Va Allohdan oʻzgalarga, jumladan Paygʻambar alayhissalomga nisbatan ham ishlatiladi. Barcha suralarning (bittasidan tashqari) boshlanishida qoʻllaniladi
4 الملك Al-Malik Podsho — Barcha narsani egasi."Malik" haqiqiy egadir.Undan oʻzga ega yoqdir.Shuning uchun bandalar faqat unga qul boʻladilar.Hech vaqtda bir qulga ikki xoʻjayin boʻlmaydi.Shuning uchun insonlar oʻzlariga oʻxshaganinsonlarga emas, balki yagona yaratganga, haqiqiy Malikka qul boʻlish lozim. 59:23, 20:114
5 القدوس Al-Quddūs Muqaddas, nuqsonlardan holi — Barcha ayblardan xoli, noloyiq sifatlardan munazzah, mutlaq muqaddaslik va mutlaq poklik Allohning oʻzigagina hosdir. 59:23, 62:1
6 السلام As-Salām Ofat va balolardan solomat. Qutqarayotgan — „Salom“-barcha nuqsonlardan salomat. Shuningdek, tinchlik, xotirjamlik va rohat beruvchi degani. Alloh „Salom“ sifati ila bandalarga tinchlik, omonlik, xotirjamlik ato qiladi. 59:23
7 المؤمن Al-Mu’min Moʻmin-iymon va omonlik beruvchi. 59:23
8 المهيمن Al-Muhaymin Hamma narsani qamrab oluvchi.Alloh bandalarning barcha holatlariga guvoh boʻlib turadi.Undan hech narsa maxfiy qolmaydi. 59:23
9 العزيز Al-Aziz Izzat va qudrat sohibi. Ulugʻ — Barchaning ustidan gʻolib. Undan biror narsa gʻolib kelolmaydi. 3:6, 4:158, 9:40, 48:7, 59:23
10 الجبار Al-Jabbār Bandalarini ishlarini isloh etuvchi. Jabbor — oliy qadar ulugʻ, Uning oldida hamma oʻzini xor tutadi. 59:23
11 المتكبر Al-Mutakabbir Kattalik yarashuvchi zot. Mutakabbir — kibriyosi va ulugʻligi behad. Uning oldida boshqalar qul boʻlib turadi. 59:23
12 الخالق Al-Holiq Yaratuvchi, vujudga keltiruvchi. Xoliq — Asli va oʻxshashi yoq narsaning oʻlchovini mos qilib yaratuvchi. Xoliq mutloq vujudga keltiruvchidir. 6:102, 13:16, 39:62, 40:62, 59:24
13 البارئ Al-Bāri' Bori' — Yoʻqdan paydo qiluvchi, vujudga keltiruvchi, yaratuvchi. Bori’ning vujudga keltirishida tafovut yoqdir. 59:24
14 المصور Al-Musovvir Maxluqot va mavjudotlarga suvrat va shakl beruvchi. 59:24
15 آل الغفار Al-Gʻoffār Gʻaffor — Koʻplab magʻfirat qilib, bandalarning aybini oʻz fazli ila kechib yuboruvchi. bandalarning aybu nuqsonlari va gunohu maʼsiyatlarini fosh qilmay yopib turuvchi. 20:82, 38:66, 39:5, 40:42, 71:10
16 القهار Al-Qohhār Qahhor — Barcha maxluqotlarni qabzasida tutib, ularni oʻz hukmiga yuritib va qudrati ila boʻysundirib turuvchi. 13:16, 14:48, 38:65, 39:4, 40:16
17 الوهاب Al-Vahhāb Oʻz neʼmatlarini tekin ato etuvchi. 3:8, 38:9, 38:35
18 الرزاق Ar-Rozzāq Barcha tirik mavjudot rizqini yetkazib beruvchi. 51:58
19 الفتاح Al-Fattāh Hukm etuvchi, rahmat hazinalarini ochuvchi. 34:26
20 العليم Al-'Alīm Biluvchi, dono, ilm sohibi. Boʻlgan va boʻladigan, avvalgi va oxirgi, zohir va botin narsalarning barchasini biluvchi. 2:158, 3:92, 4:35, 24:41, 33:40
21 القابض Al-Qobiz Kimlarningdir rizqini qiyuvchi, ruhlarni qabz etuvchi (oluvchi). 2:245
22 الباسط Al-Bāsit Kimlargadir keng rizq beruvchi, ruh baxsh etuvchi. 2:245
23 الخافض Al-Hofiz Kofirlar martabasini tushiruvchi. 95:5
24 الرافع Ar-Rāfi' Moʻminlar martabasini koʻtaruvchi. 58:11, 6:83
25 المعز Al-Mu’izz Kimlarnidir aziz, qadrli etuvchi. 3:26
26 المذل Al-Muzill Kimlarnidur xoru zalil qiluvchi. 3:26
27 السميع As-Samī Maxfiy va oshkora gap va sharpalarni, xatto dildan oʻtganini ham, eshituvchi. 2:127, 2:256, 8:17, 49:1
28 البصير Al-Basīr Hamma maxfiy va oshkora narsalarni koʻruvchi. 4:58, 17:1, 42:11, 42:27
29 الحكم Al-Hakam Qatʼiy hukm etuvchi. 22:69
30 العدل Al-`Adl Oʻta adolatli. 6:115
31 اللطيف Al-Latīf Bandalariga sezdirmay oʻz lutfu ehsonini yetkasizb beruvchi. 6:103, 22:63, 31:16, 33:34
32 الخبير Al-Hobīr Hamma maxfiy va oshkora ishlardan xabardor.[1][2][3][4] 6:18, 17:30, 49:13, 59:18
33 الحليم Al-Halīm Jazolashga shoshmaydigan, hilm bilan yaxshilik qilib turuvchi. 2:235, 17:44, 22:59, 35:41
34 العظيم Al-'Azīm Azamatli va ulugʻ zot. Aql tasavvur qila olmaydigan darajada azamatli va ulugʻ. 2:255, 42:4, 56:96
35 الغفور Al-Gʻofūr Koʻp magʻfirat qiluvchi. 2:173, 8:69, 16:110, 41:32
36 الشكور Ash-Shakūr Oʻz amaliga koʻp savob beruvchi. 35:30, 35:34, 42:23, 64:17
37 العلي Al-'Aliyy Martabasi oliylikda benihoya. 4:34, 31:30, 42:4, 42:51
38 الكبير Al-Kabīr Hammadan ulugʻ. 13:9, 22:62, 31:30
39 الحفيظ Al-Hafīz Har bir narsani komil muhofaza qiluvchi. 11:57, 34:21, 42:6
40 المقيت Al-Muqīt Barcha moddiy va ruhiy rizqlarni yaratuvchi. 4:85
41 الحسيب An-Hasīb Hisob qiluvchi, kifoya qiluvchi. 4:6, 4:86, 33:39
42 الجليل Al-Jalīl Sifatlarida ulugʻlikka ega. 55:27, 39:14, 7:143
43 الكريم Al-Karīm Saxovatli va karami keng. Birov soʻramasa ham, hech bir evaz olmasdan, narsalarni ato qiluvchi. Qarama-qarshilikdan pok. Karamli ishlar va xislatlar sohibi. 27:40, 82:6
44 الرقيب Ar-Roqīb Doimo kuzatib turuvchi. Raqiyb — hech bir zararni ham qoʻymay tekshirib turuvchi. 4:1, 5:117
45 المجيب Al-Mujīb Duolarni ijobat qiluvchi. 11:61
46 الواسع Al-Vāsi' Keng va keng qamrovli zotdir 2:268, 3:73, 5:54
47 الحكيم Al-Hakīm Dono 31:27, 46:2, 57:1, 66:2
48 الودود Al-Vadūd Bandalarini sevuvchi 11:90, 85:14
49 المجيد Al-Majīd Eng ulugʻvor 11:73
50 الباعث Al-Bā'is Oʻliklarning tiriltiruvchisi 22:7
51 الشهيد Ash-Shahīd Har bir narsaga hoziru nozir. Barchaga shohidlik beruvchi. 4:166, 22:17, 41:53, 48:28
52 الحق Al-Haqq Oʻzgarmas sobit zot. Haqni yuzaga chiqaruvchi zot. 6:62, 22:6, 23:116, 24:25
53 الوكيل Al-Vakīl Barchaning ishi unga topshirilgan zot. 3:173, 4:171, 28:28, 73:9
54 القوى Al-Qovviyy Quvvatli zot. 22:40, 22:74, 42:19, 57:25
55 المتين Al-Matīn Matonatli zot. 51:58
56 الولى Al-Valiyy Himoya qiluvchi doʻst, homiy va yordamchi 4:45, 7:196, 42:28, 45:19
57 الحميد Al-Hamīd Barcha maqtovlar ila maqtalgan zot. 14:8, 31:12, 31:26, 41:42
58 المحصى Al-Muhsi Barcha narsaning hisobini olgan zot. 72:28, 78:29, 82:10-12
59 المبدئ Al-Mubdi' Barcha narsalarni avval boshdan bor qilgan zot. 10:34, 27:64, 29:19, 85:13
60 المعيد Al-Mu'īd Yoʻq boʻlgan narsalarni yana qaytadan bor qiluvchi. 10:34, 27:64, 29:19, 85:13
61 المحيى Al-Muhyi Tiriltiruvchi. U zot oʻliklarni tiriltiruvchidir va bu ismga ularni tiriltirishdan oldin sazovordir. Uni ularni oʻlik boʻlganlaridan keyin jon kiritib tirik qilganidan keyin tiriltiruvchi, deb atalganidek, ularni xalq qilishdan oldin, ularga hayot berishidan oldin ham, tiriltiruvchi, deyilaveradi. Xuddi, xaloyiqni xalq qilishidan oldin Xoliq boʻlganidek. 7:158, 15:23, 30:50, 57:2
62 المميت Al-Mumīt Oʻldirivchi. Barcha jonzotlarning jonini oluvchi. 3:156, 7:158, 15:23, 57:2
63 الحي Al-Hayy Tirik. U tirikdir, oʻlmas. Yaʼni, Allohning hayoti abadiydir, oʻlim ila yoʻq boʻlmas. Shuningdek, Allohning hayoti azaliydir, oldindan yoʻq boʻlgan emas. 2:255, 3:2, 25:58, 40:65
64 القيوم Al-Qoyyūm Oʻz oʻzidan qoim boʻlgan va boshqalarni qoim qilgan zot. 2:255, 3:2, 20:111
65 الواجد Al-Vājid Topuvchi. Xohlagan narsasini topuvchi. Bu ishda birov Uni toʻsa olmaydi. 38:44
66 الماجد Al-Mājid Majdu sharaf sohibi boʻlgan zot. 85:15, 11:73,
67 الواحد Al-Vāhid Yagona. Bita. Boʻlinmas. U zot oʻz zotida ham, sifatlarida ham va ishlarida ham birdir. 2:163, 5:73, 9:31, 18:110
68 الصمد As-Somad Somad sifati koʻp maʼnolarni oʻz ichiga oladi:- itoat qilingan ulugʻ-Usiz hech bir ish bitmaydi.- hech kimga hojati tushmaydi, barchaning hojati Unga tushadi.- butun maxluqot bitib tugasa ham, Oʻzi doim boqiydir va hokazo. 112:2
69 القادر Al-Qodir Cheksiz qudrat sohibi. U zot har bir narsaga qodirdir. har bir ish unga osondir. 6:65, 36:81, 46:33, 75:40
70 المقتدر Al-Muqtadir Juda ham qudratli. 18:45, 54:42, 54:55
71 المقدم Al-Muqoddim Oldinga suruvchi. U zot xohlagan shaxs va narsani xohlaganidan oldinga suradi. 16:61, 17:34,
72 المؤخر Al-Mu’ahhir Orqaga suruvchi. U zot xohlagan shaxs va narsani xohlaganidan orqaga suradi. 71:4
73 الأول Al-'Avval „Avval“ — U hamma narsadan avval, yaʼni, barcha mavjudotlar yoʻqligida Alloh bor edi. Mavjudotlarni „Avval“ sifatiga ega boʻlgan Alloh yaratdi. Yaʼni, Alloh vujudga kelishining boshlanishi yoʻqdir. 57:3
74 الأخر Al-'Ahir „Oxir“ — U hamma narsa yoʻq boʻlib ketganda ham Oʻzi qoladi. 57:3
75 الظاهر Az-Zohir „Zohir“ — Uning mavjudligi oshkor, ochiq-oydindir. U hamma narsadan zohir-ustundir. 57:3
76 الباطن Al-Bātin "Botin" — U koʻzga koʻrinmaydi. Hammadan pinhon-maxfiy narsalarni bilib turuvchidir. 57:3
77 الوالي Al-Vāli Har bir narsaga voliy — ega boʻlgan zot. 13:11, 22:7
78 المتعالي Al-Mutā'ali Nuqsonlardan yuqori turuvchi zot. 13:9
79 البر Al-Barr Ulugʻ yaxshilik qiluvchi. 52:28
80 التواب At-Tavvāb Bandalarni tavbaga yoʻllovchi va ularning tavbasini koʻplab qabul qiluvchi zot. 2:128, 4:64, 49:12, 110:3
81 المنتقم Al-Muntaqim Zolim va osiylardan intiqom oluvchi. 32:22, 43:41, 44:16
82 العفو Al-Afuvv Afv qiluvchi. 4:99, 4:149, 22:60
83 الرؤوف Ar-Roʻūf Oʻta shafqatli va mehribon. 3:30, 9:117, 57:9, 59:10
84 مالك الملك Mālik-ul-Mulk Mulk egasi. Bu dunyodagi ishlarni oʻzi xohlaganicha qiladi. Uning qazosini qaytaradigan va hukmini oʻzgartiradigan yoʻq. 3:26
85 ذو الجلال والإكرام Zūl-Jalāli
val’ikrom
Sharaf va kamol egasi. Karam va ikrom egasi. 55:27, 55:78
86 المقسط Al-Muqsiţ Oʻz adolati ila mazlumlarga nusrat va zolimlarga jazo beruvchi. 7:29, 3:18
87 الجامع Al-Jāmi Jamlovchi. Barcha haqiqatlarni jamlovchi. Odamlarni qiyomat kuni jamlovchi. 3:9
88 الغني Al-Gʻoni Behojat. Uning hech kim va hech narsaga hojati tushmaydi. 3:97, 39:7, 47:38, 57:24
89 المغني Al-Mugʻni Behojat qiluvchi. U zot Oʻz bandalaridan qay birini xohlasa behojat qilib qoʻyadi. 9:28
90 المانع Al-Māni' Man qiluvchi. 67:21
91 الضار Az-Zorr Zarar qiluvchi. Zararli narsalarni ham yaratuvchi. 6:17
92 النافع An-Nāfi Manfaat beruvchi. 30:37
93 النور An-Nūr Oʻz-oʻzi ila zohir boʻlgan va oʻzgalarni zohir qilgan. 24:35
94 الهادي Al-Hādi Hidoyat qiluvchi. U zot Oʻz fazli ila xohlagan kimsani hidoyat qiladi. Yaʼni, Alloh kimni toʻgʻri yoʻlga hidoyat qilsa, albatta, Oʻz xohishi va fazli ila hidoyat qiladi. 22:54
95 البديع Al-Badī Oʻxshashi yoʻq narsalarni keltiruvchi. 2:117, 6:101
96 الباقي Al-Bāqi Boqiy qoluvchi. U doimiy bordir, unga foniylik oriz boʻlmas. 55:27
97 الوارث Al-Vāris Muvjudotlar yoʻq boʻlganda ham boqiy qoluvchi zot. 15:23
98 الرشيد Ar-Roshīd Toʻgʻri yoʻlga irshod qiluvchi. 2:256
99 الصبور As-Sobur Oʻta sabrli. Osiylarni azoblashga shoshilmaydi. 2:153, 3:200, 103:3

Manbalar[tahrir]