Xromtau (tuman)
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Aqtoʻbe viloyati |
Maʼmuriy markazi | Xromtau |
Asos solingan sanasi | 1935-yil |
Akim | Oʻralmagʻambetov Jetkergen Tileulesuli |
Rasmiy tillar | qozoq |
Aholi (2013) | 41,334[1] |
Zichligi | 3,2 kishi./km² |
Dinlar tarkibi | Musulmonlar, Xristianlar |
Maydoni | 12,900 km² |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +7 71336[2] |
Pochta indeksi | 031100-031120[3] |
Avtomobil raqami kodi | D, 04 |
Rasmiy sayti | http://hromtau.aktobe.gov.kz/ |
Xaritada | |
![]() | |
Koordinatalari: 50°15′28″N 58°26′8″E / 50.25778°N 58.43556°E G O |
Xromtau tumani — Aqtoʻbe viloyatining shimoliy qismidagi maʼmuriy hudud. Yer maydoni 12,9 ming km2. Tuman 1935-yilda tashkil topgan. Aholisi 41 334 (2013);[1] kishi, oʻrtacha zichligi 1 km2-ga 3,2 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tuman markazi — Xromtau shahri[4].
Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Tuman iqlimi keskin kontinental, qishi ancha sovuq, yozi issiq va qurgʻoq. Yanvar oyining oʻrtacha yillik harorati –16 – 18 °С ayrim vaqtlarda -44 °С gacha sovub ketadi. Iyul oyining yillik oʻrtacha harorati 21 – 23°С. Yogʻingarchilikning oʻrtacha yillik miqdori 250 – 300 mm.
Aholi punktlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Aqjar (Novorossiyskoe), Boʻgetsay, Koʻktau, Qoʻpa, Aqquduq (Kredikovka), Qudiqsay, Qizilsu, Maytoʻbe, Molodejnoye, Nikeltau, Oʻysilqara, Prostornoe, Sarisay, Susanovka, Suxinovka, Tabantal, Tasoʻtkel, Troitskoe, Xromtau.
Ijtimoiy soha[tahrir | manbasini tahrirlash]
Tumanda 38 ta maktab, 1 kasbiy-texnik maktab, 3 ta bolalar bogʻchasi, madaniyat uyi, kutubxonalar, stadionlar aholiga xizmat qilmoqda. Tibbiyot sohasida kasalxona, 29 feld.-akusherlik punkt, “Mugʻaljar” xordiq maskani aholi uchun xizmatda[5].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ 1,0 1,1 „Население Республики Казахстан“ (Russian). Департамент социальной и демографической статистики. Qaraldi: 27-dekabr 2013-yil.
- ↑ Телефонные коды
- ↑ Почтовые индексы Казахстана
- ↑ www.geonames.de Subdivisions of Kazakhstan in local languages
- ↑ Qozoq Ensilopediyasi, II tom
|