Xovdogʻ

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

XovdogʻSurxondaryoning oʻng sohilidagi qir. Shimolidan janubga taxminan 15 km ga choʻzilgan, eni 5–8 km. Surxondaryo va Sherobod vohalari oraligʻida. Bal. 553 m gacha. Atrofidagi tekisliklardan deyarli tik koʻtarilgan. Tektonik jihatdan antiklinal struktura. Boʻr, paleogen, neogen, qumtosh, konglomerat, gil, ohaktoshlardan tashkil topgan. Iqlimi keskin kontinental, yogʻingarchilik kam (100–130 mm). Surqoʻngʻir tuproklar tarqalgan, efemer va efemeroidlar usadi. Neft konlari ochilgan.