Xosiyat Azimova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xosiyat Azimova (1919.25.7, Jizzax) – aktrisa. Oʻzbekiston xalq artisti (1981). Ijodiy faoliyatini "koʻk koʻylak" toʻgaragida boshlagan (1932). 1937-yildan Kattaqoʻrgʻon shahri teatrida, 1966-yildan Jizzax teatrida aktrisa. Eng yaxshi rollari: Halima ("Halima"), Nigor ("Gʻunchalar"), Jamila, Rahima xola ("Boy ila xizmatchi"), Oyxon, Maysara ("Maysaraning ishi"), Ruzvon ("Yurak sirlari"), Jannat ("Qaynona"), Huriniso ("Oltin devor") va boshqa.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil