Xorazm Xalq Shoʻro Jumhuriyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Xorazm Xalq Shoʻro Jumhuriyati
Хорезмская Народная Советская Республика (Rus)

Jumhuriyat
Bandera de Khiva 1917-1920.svg
1920 — 1924


Flag of the Uzbek SSR.svg
 
Flag of the Turkmen SSR.svg
 
Flag of the Karakalpak Autonomous Oblast.svg
Flag of Khiva 1920-1923.svg
Bayroq
Soviet Union - Khorezm PSR (1922).svg
Xorazm XSJ (yashil) Shoʻro Oʻrta Osiyosi bilan birga, 1922.
Poytaxti Xiva
Til(lar)i Oʻzbek tili
Dini Islom (Sunniy)
Soʻfiylik (Naqshbandiylik)
Maydoni 62,200 km²
Aholisi 800 000 kishi
Nozirlar Shoʻrosining birinchi raisi
 - 1920–1921 (birinchi) Yusupov Polvonniyoz hoji
 - 1924–1925 (oxirgi) Temur xoʻja Yamin oʻgʻli
Valyuta Xorazm rubli
RSFSJ rubli
Meros boʻlib oʻtishi
Xorazm (Xiva xonligi)
Oʻzbek SSJ
Qoraqalpoq MV
Turkman SSJ

Xorazm Xalq Shoʻro Jumhuriyati, Xorazm Xalq Sovet Respublikasi (XXSJ, XXSR, rus. Хорезмская Народная Советская Республика) — Xiva inqilobi natijasida Xorazm xoni taxtdan voz kechganidan keyin 1920-yil fevral oyida Xiva xonligining davomchisi sifatida yaratildi va 1920-yil 26-aprelda rasmiy ravishda Birinchi Xorazm Qurultoyi eʼlon qilindi.

500 rubl (1920-1921 yy.)

Tarixi[tahrir]

Jumhuriyat Qizil Armiya qoʻshinlari Xorazm xonligi chegaralariga bostirib kirishi natijasida yuzaga kelgan.

Agar Qozogʻiston va Turkistonda ijtimoiy-demokratik doiralar mavjud boʻlgan boʻlsa ham, Buxoro va Xivada bundaylar umuman yoʻq edi. Buxoro kompartiyasi Qizil Armiya tigʻlari yordamida amirlik tizimidan xalos boʻlish uchun sabab yaratish maqsadida 1918-yil 25-sentabrda Toshkentda boʻlib oʻtgan qurultoyda yaratildi. Shuningdek xonlik tashqarisida yaratilgan Xorazm kommunistik partiyasi ham xuddi shunday vazifani bajardi. Ikkala pertiya ham kamsonli edi. 1919-yil oxiriga kelib Buxoro kompartiyasi 900 ta atrofida kommunistni hisobladi, Xorazm kompartiyasi esa 1920-yil aprel holatiga 600 kishi yigʻdi. [1]

1923-yil 30-oktabrda 4-Umumxorazm qurultoyida Xorazm Sotsialistik Shoʻro Jumhuriyatiga aylantirildi, konstitutsiya qabul qilindi. 1924-yil kuzida Oʻrta Osiyoda milliy-hududiy ajralish munosabati bilan 5-Shoʻrolar Umumxorazm qurultoyi (1924-yil 29-sentabr — 2-oktabr) XSSJ oʻzini tarqatishi haqida eʼlon qildi, va 1924-yil 27-oktabrda uning hududi Oʻzbek SSJ, Turkman SSJ va RSFSJ Qoraqalpoq MV oʻrtasida taqsimlandi.

Xorazm Kommunistik partiyasining 3-qurultoyi (1923-yil iyul) sotsializm uchun kurash dasturini belgila oldi, 4-Umumxorazm Shoʻrolar qurultoyi (1923-yil 17-20-oktabr) Xorazm Shoʻro Sotsialistik Jumhuriyatini (XSSJ) tantanali ravishda eʼlon qildi va xalq-demokratik bosqichini yakunlash va sotsialistik inqilob bosqichiga oʻtishni qonuniy birkitilgan yangi konstitutsiya qabul qildi, 5-Umumxorazm Shoʻrolar qurultoyi (1924-yil 29-sentabr — 2-oktabr) millatlarning oʻz taqdirini oʻzi belgilash huquqidan kelib chiqqan holda va Xorazm xalqi irodasini ifodalagan holda ularga yangi tashkil etilgan Oʻzbek SSJ, Turkman SSJ va Qoraqalpoq MV tarkibiga kirish huquqini berish qarorini qabul qildi. Oʻrta Osiyo shoʻro jumhuriyatlarini milliy-davlatchilikka ajratilishi jarayonida XSSJ tugatildi.[2]

Siyosatchilar[tahrir]

Inqilobiy Qoʻmita raisi[tahrir]

Vaqtinchalik hukumat raisi[tahrir]

Xalq Vakillari Assambleyasi Prezidiumi raisi[tahrir]

Markaziy Ijroiya Qoʻmiyasi prezidiumi raisi[tahrir]

Joʻgʻrofiyasi[tahrir]

Xorazm Xalq Shoʻro Jumhuriyati Turkiston Muxtor Shoʻro Sotsialistik Jumhuriyati bilan shimol va janubi orqali va Buxoro Xalq Shoʻro Jumhuriyati bilan sharqi orqali chegaradosh boʻlgan. Gʻarbiy chegarasi Orol dengizining gʻarbiy sohili bilan tutashgan va Qirgʻiz MSSJ (hozirgi gʻarbiy Qozogʻiston) bilan chegaradosh boʻlgan. U 62,200 km2 maydonga ega boʻlgan va aholisi 600,000 kishidan koʻp boʻlgan, ular asosan oʻzbeklar - 62,5%, turkmanlar - 28,6%, qoraqalpoqlar - 3,0%, va qozoqlardan - 3,5% tashkil topgan. Uning poytaxti Xiva boʻlgan.[2]

Manbalar[tahrir]

  1. Бисенбаев Асылбек Кнарович Boshqa Oʻrta Osiyo
  2. 2,0 2,1 Xorazm Xalq Shoʻro Jumhuriyati Katta shoʻro ensiklopediyasi Cite error: Invalid <ref> tag; name "bse" defined multiple times with different content

Havolalar[tahrir]

Sh. qarang[tahrir]