Xong Myung-Bo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xong Myung-Bo (ing.Myung Bo Hong)-Janubiy Koreyalik futbolchi, himoyachi.1969-yil 12-fevral Seulda tavallud topgan.

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

U deyarli butun faoliyatini Janubiy Koreya va Yaponiya chempionatlarida oʻtkazdi.Xong Myung Bo Janubiy Koreyaning „Poxan Stilers“ klubining haqiqiy ramzi va afsonasidir.2000-yilda u yil oxirida Yaponiya J-ligasining ramziy jamoasi aʼzosiga aylandi.

Futbolchi faoliyatining eng yaxshi vaqti 2002-yilgi jahon chempionatida boʻlgan.Janubiy koreyaliklar musobaqaning yarim finaliga qadar yetib borishdi va sudyalar yordam berganligi shubxa qilingan boʻlsada ushbu jamoadagi futbolchilarning individual harakatlari FIFA tomonidan qayd etildi.Shunday qilib Xong Myung Bo final uchrashuvida faqat braziliyalik Ronaldu va germaniyalik Oliver Kanga yutqazib, musobaqaning bronza toʻpini qoʻlga kiritdi.Taqqoslash uchun 1998-yilda Fransiya chempioni Lilian Tyuram,2006-yilda Italiya chempioni Andrea Pirlo ham shunday sharafga sazovor boʻlgandi.

Professional futbolchilik faoliyati davomida 1992-1997,2002-yillarda „Poxang Stilers“da 129 ta oʻyinda 14 ta gol urgan.1997—1998-yillarda Yaponiyaning „Syenon Belmare“ klubida 42 oʻyin oʻtkazgan.1999—2002-yillar Yaponiyaning „Kasiva Reysol“ klubida 72 ta oʻyinda 7 gol urdi.Xong Myung-Bo Shimoliy Amerika MLS ligasida „Los-Anjeles Geleksi“ klubida futbolchilik faoliyatini yakunladi.

U oʻz mamlakati terma jamoasi safida 136 ta oʻyin oʻtkazib 10 ta gol urgan.Toʻrtta jahon chempionatida ishtirok etgan. Hamyurti Cha Bum Geun bilan birga koʻpchilik tomonidan barcha davrlarning eng zoʻr osiyolik futbolchilaridan biri sanaladi.

2005-yildan buyon Janubiy Koreya terma jamoasi murabbiylar shtabida ishlab kelmoqda.2004-yilda Pele tomonidan tuzilgan FIFA 100 eng zoʻr futbolchilar roʻyxatiga kiritilgan.

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

1.https://www.championat.com/tags/15177-khon-mjon-bo/

2.https://www.euro-football.ru/person/Hon_Men_Bo

3.http://www.footballtop.ru/coaches/hon-myon-bo