Xondro distrofiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xondro distrofiya

Xondro distrofiya autoretsessiv kasallik hisobalanadi
KXK-10 Q78[1]

Xondro distrofiya— Xondro distrofiya bu suyaklarning ko’p sonli distrofiyasi bo’lib, pakanalikka olib keladi. Shu bilan birga Xondro distrofiya bilan kasallangan bemorlarning ko’pchiligida gidrosefaliya alomatlari ham kuzatiladi[2].

Patogenezi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kasallikning mohiyati – suyaklar enxondral o’sishining buzilishidir. Bunda suyaklarning periostal va endostal o’sishi buzilmaydi[3].

Klinik ko’rinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kasallikning kechishi klinik belgilariga ko’ra ham o’ziga hosdir(bola bo’yining pastligi,bosh suyagining kattalaigi,qo’l va oyoqlarning kaltaligi). Kasallik bola tug’ilishi bilan yaqqol ko’rinadi. Bosh hajmining kattaligi peshona, chakka tepa ensa suyaklarining bo’rtib chiqishi xisobiga vujudga keladi. Bu bemorlaning bo’yi past, yelkasi keng, qorin chiqqan xolatda bo’ladi. Bundan tashqari bel lordozi kuchaygan, qo’l oyoqdagi suyaklar segmentida qiyshayish ko’zga tashlandi, bo’g’imlar yo’g’onlashgan va shakli buzilgan bo’ladi,panjalari yo’g’on va kalta bo’ladi. Katta yoshdagi bemorlarning 120 smdan oshmaydi[4]. Ruxiyati odatiy, ichki a’zolarida deyarli o’zgarishlar kuzatilmaydi. Kasallikni oxirgi o’rganishlar orqali Xondrodistrofiyalarning 80% ona qornida yoki tug’ilgan zahoti vafot etadi. Qolgan 20% chaqaloqlar umrlarining oxirigacha yashashlari mumkin.

Davolash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kongoda suyaklar displaziyasi bilan tug'ilgan chaqaloq

Asosan ortopedik muolajalar va sanairya kurortlarida davolanish(dengizda cho’milish ,baliq yog’ini ichish,temir preparatlari iste’mol qilish) tavsiya etiladi[5]. So’ngi yillarda o’sishni tezlashtirish uchun anabolic garmonlar qo’llanilmoqda. Shakli o’zgargan qo’l oyoqlarni to’g’irlash uchun jarrohlik muolajalaridan foydalanish mumkin. Bunday bemorlarda asosan qo’l va oyoqlarni to’g’irlashda ʻ’to’g’irlovchi osteotomiyadan’’ foydalaniladi. Xondrodistrofiyada kasallikni oldini olish juda muhim. Agar deformatsiya bilan tug’ilgan chaqaloqni oyoqqa turg’izishga xarkat qilinsa kasallikning zo’rayishiga sabab bo’ladi. Bunday bemorlar faqat maxsus ortopedik moslamalar orqali xarakatlanishlariga ruhsat beriladi[6].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • «Результаты лечения детейс экзостозной хондродисплазиейсложной анатомической локализации» В.В. Фохтин, Е.П. Кузнечихин, А.С. Кузин, Л.А. Махров(1995)
  • Юмашев Г.С. (ред.) Травматология и ортопедия (1990)