Kontent qismiga oʻtish

Xonchorbogʻ

Koordinatalari: 39°36′13.4″N 66°35′14.8″E / 39.603722°N 66.587444°E / 39.603722; 66.587444
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xonchorbogʻ
inglizcha: Khancharvak
Qishloq
39°36′13.4″N 66°35′14.8″E / 39.603722°N 66.587444°E / 39.603722; 66.587444
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Samarqand viloyati
tuman Pastdargʻom tumani
Asos solingan 1940
Ilk eslatilishi XV-XVI
Maydon 0.003 km2 (0.0012 kv mi)
Aholisi
 (2023)
5 843
Vaqt mintaqasi UTC+5
Xonchorbogʻ inglizcha: Khancharvak xaritada
Xonchorbogʻ inglizcha: Khancharvak
Xonchorbogʻ
inglizcha: Khancharvak
Xonchorbogʻ inglizcha: Khancharvak xaritada
Xonchorbogʻ inglizcha: Khancharvak
Xonchorbogʻ
inglizcha: Khancharvak
XVI asrda qurilgan. Xonchorbogʻ harobasi rejasi

Xonchorbogʻ – Samarqand viloyati Pastdargʻom tumanidagi qadimiy qishloq. Tumanning janubiy qismida, Zarafshon togʻ tizmasining shimoliy etagida, Eski Anhor kanali boʻyida joylashgan. Aholisi 6 ming kishi. Bogʻdorchilik, sabzavotchilik va chorvachilik bilan shugʻullanadi. Dehqonchilikda Eski Anhor kanali suvidan foydalaniladi[1][2].

Tashkil topishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Anaxita haykalchasi. miloddan avvalgi II-I asrlar. Xonchorbogʻ

Xonchorbogʻ toponimi Xon va Chorbogʻ soʻzlari birlashmasidan hosil boʻlgan. Xon turkiy va moʻgʻul xalqlari unvoni. Chorbogʻ shahardan tashqaridagi hovli joyli qoʻrgʻonli bogʻ. Buxoro xoni Abdullaxon II tomonidan chorbogʻ qurdirgan. Xalq ogʻizda aytilishida Xonchorbogʻ yerida juda katta bogʻ barpo qilingan. Undagi mevalar shigʻil pishib moʻl-kul hosil bergan. Bogʻ yonidan katta savdo yoʻli oʻtar, karvon yoʻl yurib Xonchorbogʻga kelganda tuyalar mevali daraxtlarga osilib shoxlarini, hosilini yeb qoʻymasin deb ularning ogʻizini toʻrva xaltalar bilan bogʻlab oʻtilgan. Abdullaxon II ning saroy tarixchisi Hofiz Tanish Buxoriy asarida Abdullaxon II ni Xonchorbogʻ yaqinidagi Qo‘riqi Qoqlik mavzesiga qoʻnib oʻtganligi yozilgan. Abdullaxon II qurdirgan Chorbogʻ yoʻnalishidan miyonkol shamoli esib turgan va hozir ham shunday. Chorbogʻning maydoni 19 gektarni tashkil qilgan.

Abdullaxoja Ibn Darvesh qabri

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Abdullaxoja ibn Darvesh qabriga qoʻyilgan qabrtosh. 962-1554-yil. Xonchorbogʻ.

Chorbogʻdan janubda 1554-yilda vafot etgan Abdulla Ibn Darvesh va Xitoy podshohi qizining qabri mavjud. Chorbogʻ atrofi aholisi 10 ming kishilik katta mahalla boʻlgan. Kasallik tarqalishi natijasida aholining koʻpchilik qismi vafot etgan, qolgan qismi atrofdagi qishloqlarga koʻchib oʻtgan.

Arxeologik tatqiqotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Arxeolog A. Suxarev, muzey direktori Shukurov, ilmiy xodim Mullaqandov. (1934-yil.)

Arxeolog Ivan Aleksandrovich Suxarev (1909-1941) 1936-yilda Chorbogʻ xarobalarini oʻrganadi. Chorbogʻ maydoni 19 gektar ekkanligini hisobotida yozib qoldirgan.

1937-1938-yillarda Qozogʻistondan ziyolilar, ruhoniylar, boylar qatagʻon qilingan. Ular Xonchorbogʻ yerlariga koʻchirib keltirilgan. 1942-yilda Mesxetiy turklar, 1943-yilda polyaklar, 1944-yilda qirim-tatarlarni Juma temir yoʻl stansiyasidan Xonchorbogʻga koʻchirib keltirilgan. Birinchilardan boʻlib 1938-yilda Chiroqchi tumanidan Jumayev Qoʻshoq (1906-1986) va Boyirov Qurbon (1909-1991) koʻchib kelgan. Xonchorbogʻ OSHP yonida shamol quduq boʻlgan. Uni mahalliy aholi metrogen quduq deyishgan.

Mahalla faollari.1980

1991-yil mart oyida Turgʻun Normurodov mahalla raisi etib saylangan. Dastlab mahalla raisi shtat birligi boʻlsada, oylik ish haqqi ajratilmagan, keyinchalik bir necha yildan keyin oylik ish haqqi ajratilgan. Xonchorbogʻ mahallasi raislari (oqsoqollari):

  1. 1940-1965-yillar Boyirov Qurbon (1909-1991)
  2. 1965-1980-yillar Mayinov Qurbon (1934-1983)
  3. 1980-1991-yillar Jumayev Rahmat (1930-2015)
  4. 1991-1992-yillar Normurodov Turgʻun (1957-yil tugʻilgan.)
  5. 1992-1995-yillar Qiyamov Erka (1941-2020)
  6. 1995-1996-yillar Mayinov Qoʻchqor (1950-yil tugʻilgan.)
  7. 1998-1999-yillar Aymatov Eshmamat (1967-yil tugʻilgan)
  8. 1999-2000-yillar Normurodov Turgʻun (1957-yil tugʻilgan.)
  9. 2000-2002-yillar Xushvaqtov Boyboʻri (1959-yil tugʻilgan.)
  10. 2002-2007-yillar Aznarova Nodira (1970-2010.)
  11. 2007-2013-yillar Sulaymanov Zarif (1969-yil tugʻilgan.)
  12. 2013-2016-yillar Eshonqulov Xurram (1961-yil tugʻilgan.)
  13. 2016-2019-yillar Ochilov Jahongir (1982-yil tugʻilgan.)
  14. 2019-2021-yillar Ahmedov Joʻrabek (1985-yil tugʻilgan.)
  15. 2021-2022 Ochilov Jahongir (1982-yil tugʻilgan.)
  16. 2022- hozirgacha Zarif Sulaymonov (1969-yil tugʻilgan)
9-maktabning yangi binosi.(2022)

Mahallada 1947-0yilda Holbekov Dunyo (1912-1984) uyida boshlangʻich maktab ochilgan. Bu maktab toʻrt yillik, darslar rus tilida oʻqitiladigan 35-sonli maktab boʻlgan.4-sinfni bitirgan oʻquvchilar tumandagi 11-maktabga kunlik qatnab, 21,31-maktablarga yotoq bilan borib oʻqishni davom ettirgan. Oʻquvchilarni Sanchiquldagi 11-maktabga Arziyev Xudoynazar (1916-2010), Aliyev Saʼdin (1934-2003)lar ot-aravada kunlik olib borib, olib kelishgan. Aravani qora va qizil rangli otlarga qoʻshgan. Qora rangli otning laqabi „karik“, qizil rangli otning laqabi „qovoq“ boʻlgan. Bu ot-arava mahalliy xalq tilida „Furgon“ deyilgan. 1956-yilda maktab oʻzbek tilida oʻqitiladigan maktabga aylantirilgan. 1964-yilda Hamid Olimjon nomli sakkiz yillik 70-son maktab, 1970-yil Yuriy Gagarin nomli 70-oʻrta maktab, 1986-yil Abdulla Qodiriy nomli 9-oʻrta maktab, 2004-yildan 9-umumiy oʻrta taʼlim maktabi maqomida faoliyat yuritib kelyapti. Maktab direktorlari:

  1. 1947-1956-yillar Gonanenko
  2. 1956-1964-yillar Hayitov Abruy
  3. 1964-1965-yillar Abdunazarov Baxtiyor
  4. 1966-1967-yillar E.Rajabov
  5. 1967-1969-yillar Abdunazarov Baxtiyor
  6. 1969-1973-yillar Haqberdiyev Nurmamat (1944-yil tugʻilgan)
  7. 1973-1974-yillar Nafasov Koʻchar (1941-yil tugʻilgan)
  8. 1974-1977-yillar Mamatov Rahmon (1926-2012)
  9. 1977-1999-yillar Sulaymonov Ergash (1942-yil tugʻilgan)
  10. 1999-2000-yillar Eshonqulov Xurram (1961-yil tugʻilgan)
  11. 2000-2003-yillar Saxatov Xasan (1961-yil tugʻilgan)
  12. 2003-2009-yillar Usmonov Asliddin (1972-yil tugʻilgan)
  13. 2009-2012-yillar Mamatov Baxriddin (1967-yil tugʻilgan)
  14. 2012-2014-yillar Saxatov Sharifjon (1987-yil tugʻilgan)
  15. 2014-2015-yillar Mamatov Absalim (1962-yil tugʻilgan)
  16. 2015-2019-yillar Barotova Zulfiya (1972-yil tugʻilgan)
  17. 2019-yil hozirgacha Raximov Mamarasul (1961-yil tugʻilgan)

Fermir Xoʻjalik oʻyushmasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Gulposhsha Saʼdullayeva mahalladagi birinchi mexanizator ayol

Xonchorbogʻ yerlarida Belarus millatiga mansub Petrushkevichning oʻgʻli Fyodor XX-asrning 30-yillarida Zarafshon vohasiga Amerikadan keltirilgan ilk(Markiz Osiyoda) temir gʻildirakli "Fordzon" traktorlarini haydaganlardan biri boʻlgan. Qishloqda yashovchi otaxonlar oʻsha traktorlarni yaxshi eslashadi.Xonchorbogʻ Fermerlar uyushmasi xoʻjaligi faoliyat yuritib kelmoqda. Xoʻjalik raislari:

  1. 1930-yillar Rozen
  2. 1964-1969-yillar Akbar Rahimov
  3. 1969-1973-yillar Nassrullo Latipov
  4. 1973-1977-yillar Norbek Xasanov
  5. 1977-1978-yillar Sattor Xamidov
  6. 1978-1984-yillar Halim Xakimov
  7. 1984-1987-yillar Razzoq Jabbarov
  8. 1987-1988-yillar Ismoil Rahimov
  9. 1988-1990-yillar Narziqul Eshonqulov
  10. 1990-1993-yillar Baxtiyor Sulaymanov
  11. 1993-1996-yillar Xolmamat Boʻriyev
  12. 1996-1997-yillar Nurmamat Raxmatov
  13. 1997-2000-yillar Yoʻldosh Nahangov
  14. 2000-2001-yillar Ilhom Mavlonov
  15. 2001-2003-yillar Meyli Mustayev
  16. 2003-2003-yillar Turgʻun Normurodov
  17. 2003-2007-yillar Bahodir Nurmuhammedov
  18. 2007-2013-yillar Abdunosir Ashurov
  19. 2013-2014-yillar Alisher Tojiyev
  20. 2014-2015-yillar Umar Rayimov
  21. 2015-2017-yillar Zarif Sulaymanov
  22. 2017-2017-yillar Bahodir Nurmuhammedov
  23. 2017-2019-yillar Abdunosir Ashurov
  24. 2019-2021-yillar Xurshid Jovboʻriyev
  25. 2021-yildan hozirgacha Saydalim Kalonov

Urush qatnashchilari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Maxmudov Haqberdi , Saxatov Sattor , Ataullayev Sayidxon ,Mirzayev Qoraxon , Arziyev Xudoynazar , Nazarov Mirzan , Is’hoqov Ibrohim va boshqalar. 1985 yil.
1985-yil

1938-yilda Xonchorbogʻga koʻchib kelgan Jumayev Qushoq (1906-1986) Pastdargʻom tuman harbiy boʻlimidan harbiy xizmatga safarbar etiladi.1942-yilda dushman qurshovida qolib ogʻir tan jarohati oladi. Bu haqdagi xabar oʻsha yili Jumayev Qushoqning oilasiga yetib keladi. Biroz harbiy shifoxonada davolanib chiqib yana urushga qaytgan. 1943-yil 14-sentyabrda koʻzidan jarohat oladi va yana harbiy shifoxonaga yotqiziladi. Sogʻayib harbiy xizmatni davom ettirib, yurtga yorugʻ-nurli yuz bilan, zafar quchib qaytadi. Mahallada yashab oʻtgan ikkinchi jahon urushi qatnashchilari:

  1. Arziyev Xudoynazar (1916-2010)
  2. Valiyev Mirxoz (1911-1998)
  3. Yoqubov Moʻmin
  4. Jumayev Qushoq (1906-1986)
  5. Isxoqov Ibrohim (1922-2012)
  6. Mirzayev Qoraxon (1922-1993)
  7. Nazarov Mirzan (1918-2002)
  8. Nazarov Bekmurod (1909-1991)
  9. Poʻlatov Rabbim (1924-2003)
  10. Rasulov Tilov (1921-1977)
  11. Rahimov Haydar (1917-1994)
  12. Saidov Umarxoʻja kapitan
  13. Saidov Xolmurod (1925-1944)
  14. Sattarov Farrux (1913-1988)
  15. Saxatov Sattor (1912-1987)
  16. Saʼdinov Koʻchak (1924-2010)
  17. Xoldarov Xolmirza (1916-1997)
  18. Shamsiddinov Mirza (1920-1990)
  19. Elmanov Boymurod (1921-2000)
  20. Yusupov Xolxoʻja (1918-1994)
  21. Gʻafforov Hamra (1921-1998)
  22. Hamroyev Joʻra (1917-1994)