Kontent qismiga oʻtish

Xonaqoh masjidi (Ozarbayjon)

Koordinatalari: 41°13′11″N 48°32′47″E / 41.21972°N 48.54639°E / 41.21972; 48.54639
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Masjid
Xonaqoh masjidi (Ozarbayjon)
ozarbayjoncha: Xanəgah Məscidi
Sobiq masjid, 2022-yil
Mamlakat  Ozarbayjon
Joylashuvi Xonaqoh qishlogʻi, Quba tumani
Koordinatalar 41°13′11″N 48°32′47″E / 41.21972°N 48.54639°E / 41.21972; 48.54639
Meʼmoriy uslub Islom arxitekturasi
Binokorlik sanasi XIX asr
Minoralar soni 1 (vayron qilingan)
Minoralar soni 1 (vayron qilingan)
Qurilish materiallari tosh, gʻisht, ohak, plitka

Xonaqoh masjidi (ozarbayjoncha: Xanəgah Məscidi) – Ozarbayjonning Quba tumani Xonaqoh qishlog‘i hududida joylashgan sobiq masjid va tarixiy-meʼmoriy yodgorlik.

XIX asrda bunyod etilgan ushbu sobiq masjid 2001-yil 2-avgustda Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 132-sonli qarori bilan ahamiyatga ega mahalliy koʻchmas tarixiy va madaniy yodgorliklar roʻyxatiga kiritilgan.

Quba tumanining Xonaqoh qishlogʻida joylashgan Xonaqoh masjidi XIX asrda bunyod etilgan[1]. Qurilish jarayonida, asosan, yon-atrofdan toʻplangan shagʻal tosh va ohak qorishmasidan foydalanilgan, ayrim qismlarida esa pishiq gʻisht va oddiy toshlar ishlatilgan. Masjid devorlarining qalinligi 60 x 80 sm oraligʻida boʻlgan[2]. Masjidning shift qismi yogʻochdan qurilgan, tomi esa cherepitsa bilan yopilgan. Minora esa shiftning markaziy qismida joylashgan boʻlgan[2].

Sovet bosqinidan soʻng, 1928-yildan boshlab dinga qarshi rasmiy harakat eʼlon qilindi. Shu yilning dekabr oyida Ozarbayjon Kommunistik partiyasi Markaziy Qoʻmitasi koʻplab masjidlar, cherkovlar va sinagogalarni maʼrifiy va madaniy maqsadlarda foydalanish uchun klublar ixtiyoriga topshirdi. 1917-yilda Ozarbayjonda 3000 ta masjid mavjud boʻlgan boʻlsa, 1927-yilda bu koʻrsatkich 1700 ta, 1933-yilga kelib esa atigi 17 tani tashkil qilgan[3]. Shu davrda Xonaqoh masjidi ham yopilgan va uning binosidan ombor sifatida foydalanilgan[4][5]. Masjidning minbari vayron qilingan, ichki qismidagi kitoblar va ayrim hujjatlar yoʻqolib ketgan[5].

Ozarbayjon mustaqillikka erishgach, Xonaqoh masjidi 2001-yil 2-avgustdagi Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 132-sonli qarori bilan mahalliy ahamiyatga ega koʻchmas tarixiy va madaniy yodgorliklar roʻyxatiga kiritilgan[6][7]. Biroq uzoq vaqt davomida eʼtibor qilinmagani va foydalanilmagani sababli inshoot yemirilgan. Vaqt oʻtishi bilan tomi va devorlarining ayrim qismlari qulab tushib, bino vayron holatga kelgan[8][9][10].

  1. „Qubada dağılmış 150 yaşlı məscid - REPORTAJ“ (az). Report İnformasiya Agentliyi (2024-yil 22-fevral). 2024-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 19-aprel.
  2. 2,0 2,1 Ədilzadə, Ədil „"Qara günlü" Xənəgah məscidi“ (az). www.anl.az (2018-yil 9-avgust). 2018-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 19-aprel.
  3. Arif Yunusov. Ислам в Азербайджане. Bakı: Zaman, 2004 — 78-bet. ISBN 9952-8052-0-9. Qaraldi: 2022-yil 14-dekabr. 
  4. Babayev, İlyas „Qubanın yoxa çıxan tarixi: Xanəgah kənd məscidi » Shimal News“ (az). Shimal News (2022-yil 13-avgust). 2022-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 19-aprel.
  5. 5,0 5,1 „Quba rayonunun Xanəgah kənd məscidi məhv olur-Mədəniyyət Nazirliyi məsələyə laqeyd yanaşır“. 1905.az (2018-yil 16-avgust). 2024-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 19-aprel.
  6. „Azərbaycan Respublikası Nazirlər Kabinetinin 2001-ci il 2 avqust Tarixli 132 nömrəli qərarı ilə təsdiq edilmişdir“ (az). mct.gov.az (2001-yil 2-avgust). 2021-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-dekabr.
  7. Nurməmmədli, Səidə „"Sovet dövründə anbara çevrilmiş məscid təhlükədədir" -“. www.aznews.az (2018-yil 13-avgust). 2021-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 19-aprel.
  8. Qardaşova, Aytəkin „Tarixi Xanəgah məscidi məhv olur - Foto“ (az). Axar.Az (2021-yil 19-noyabr). 2021-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 19-aprel.
  9. „Qubanın Xanəgah məscidi dağılmaq üzrədir“. sirat.az (2021-yil 11-noyabr). 2023-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 19-aprel.
  10. „Can verən tarixi abidə: Xanəgah məscidi“. azvision.az (2018-yil 1-avgust). Qaraldi: 2024-yil 19-aprel.

Vikiomborda Xanəgah kənd məscidi mavzusiga oid fayllar bor