Xonadon xoʻjaligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xonadon xoʻjaligi - oʻz isteʼmolini birgalikda qondirish yoʻlida pul daromadlari va moddiy mablagʻlarini ixtiyoriy ravishda birlashtirgan, >y roʻzgʻori umumiy boʻlgan kishilar gu-ruhi. Xonadon xoʻjaligi oila asosida tashkil topadi. Biroq u oila aʼzosi boʻlmagan kishilarni, chunonchi oilasi yoʻqtarni, xonadonda yashovchi xizmatchilar, enagalar, murabbiylar, uy oʻqituvchilari va tarbiyachilarni ham oʻz ichita oladi. Bir oʻzi mustaqil yashaydigan soʻqqabosh (oilasiz) kishilar ham Xonadon xoʻjaligini tashkil etadi. Xonadon xoʻjaligining asosiy belgilari xona-don aʼzolari byudjetining umumiyligi (toʻliq yoki qisman), roʻzgorining bir boʻlishi, doimiy birga yashashi va ovqatlanishi. Xonadon xoʻjaligi xalqaro statistikada qabul qilingan muhim statistik birlik hisoblanadi.

Xonadon xoʻjaligi turli mezonlarga qarab guruhlashtiriladi. Ijtimoiy-demografik mezonga koʻra — soʻqqaboshlar xonadoni, bir oilali xonadon, koʻp oilali xona-don, oila aʼzolaridan tashqari begonalarni ham birlashtiruvchi xonadonlarga; ijtimoiy ahvoli mezoniga koʻra — ishchi, xizmatchi, dehqon, tadbirkor va pensionerlar xonadonlariga; daromadi miqdori mezoniga koʻra — oʻta kambagʻallar, kambagʻallar, oʻrta hollar, boylar va oʻta boylar xonadonlariga boʻlinadi.

Xonadon xoʻjaligi firmalarga bozor orqali turly resurslarni, chunonchi mehnat resurslari, moliya resurslari va kapital resurslarni yetkazib beradi, firmalardan esa tovar va xizmatlarni sotib oladi, davlat koʻrsatadigan ijtimoiy, yaʼni bepul xizmatlardan foydalanadi.

Xonadon xoʻjaligi iqtisodiyotda soliq toʻlash, isteʼ-molchi boʻlish va jamgʻarma hosil etishdek vazifalarni bajaradi. Bulardan asosiysi isteʼmolchi boʻlishdir. Xonadon ahli davlatga toʻgri va efi soliqlarni toʻlaydi, bu esa byudjet uchun asosiy daromad manbai hisoblanadi. Koʻpchilik mamlakatlarda yaratilgan yalpi ichki mahsulotning yarmidan koʻpi Xonadon xoʻjaligida isteʼmol etiladi (2003 yil Oʻzbekistondagi Xonadon xoʻjaligi isteʼmoliga yalpi ichki mahsu-lotning 58,6% toʻgʻri keldi).

Oʻzbekistonda Xonadon xoʻjaligi daromad manbalari mehnatdan va mol-mulkdan, tadbirkorlikdan olingan va davlat transfertlaridan, tomorqa daromadidan iborat. Bular amaliyotda ish haqi, foyda, foiz, dvidend, ijara haqi, tomorqadan tushum, pensiya, nafaqa va stipendiya kabilardan iborat boʻladi. Daromadlarning asosiy qismi isteʼmolga yoʻnaltiriladi. 2003-yilda Oʻzbekistonda bir oʻrtacha xonadonga hisoblangan isteʼmol sarfi 1,1 mln. soʻmni tashkil etdi.

Biroq Xonadon xoʻjaligi isteʼmolining bir qismi natural (moddiy) shaklga ega boʻladi, yaʼni xonadonlar oʻzi ishlab chiqargan oziq-ovqat mahsulotlarini oʻzlari isteʼmol etadilar. Natural isteʼmol koʻpincha dehqonlar va fermerlar xonadoniga xos boʻladi. Oʻzbekiston xonadonlari natural isteʼmol hissasining kattaligi bilan tavsiflanadi (20—25%). Xonadon xoʻjaligi isteʼmolining hajmi uning topgan pul daromadiga, natural tushumlar miqdoriga, xonadondagi ishlovchilar (daromadiga ega boʻlganlar) va boqimandalar (qaramogʻdagilar) soniga bogʻliq.

Xonadonning isteʼmol xarajatlari demografik tarkibdan tashqari uning daromad manbalariga, qaysi toifaga mansubligiga ham bogliq. Isteʼmolning miqdori va tarkibi jihatdan Xonadon xoʻjaligi quyidagicha tartiblanadi: tadbirkorlar, xizmatchilar, ishchilar, dehqonlar va pensionerlar xonadonlari.

Xonadon xoʻjaligi isteʼmolining tarkiban farqlanishi hududiy iqtisodiy salohiyatga qarab daromadlarning farqlanishi, kasbkor, yashash sharoiti va turmush tarzining har xil boʻlishga ham bogliq. Xonadon xoʻjaligi isteʼmoli bozor hajmini belgilovchi asosiy omil hisoblanadi, uning tovar bozoridagi talabi jami talabning 50—60% ni tashkil etadi. Isteʼmol uchun Xonadon xoʻjaligi xaridining ortib borishi iqtisodiyot uchun ijobiy holat hisoblanadi.

Xonadon xoʻjaligi isteʼmoli 2 xil gavsifga ega. Biri isteʼmolning mutlaq hajmi, yaʼni isteʼmolga hammasi boʻlib qancha pul ketishi. Ikkinchisi, isteʼ-molning nisbiy jihati, yaʼni isteʼmol sarfi daromadning qanday qismiga teng boʻlishi (isteʼmolga moyillik koeffitsiyentini — Ik). Buni aniqlash uchun jami isteʼmol sarflari (Is) daromad (D) bilan taqqoslanadi (Ik —d4. Agar xonadon daromadi, 1 mln. boʻlib, shundan 800 mingi isteʼmolga sarflansa, isteʼmolga moyillik boʻladi. Bu koeffiniyent har doim 1 dan kichik boʻladi, chunki xonadon hamma daromadini isteʼmolga sarflab yubormay, uning bir qismini jamgʻarib boradi.

Xonadon xoʻjaligining daromadi unish,.isteʼmol sarflaridan ortib qolgan taqdirda jamgʻarma hosil boʻladi. Shu sababli jamgʻarish koʻpincha oʻziga toʻq xona-donlarga xos. Jamgʻarishga moyillik koeffitsiyent (Kj) bilan oʻlchanadi(Kj = d-). Bu jamgʻarish (J) daromadning (D) qanday qismiga tengligini bildiradi. Jamgʻarishga moy-illik ortsa bu koʻrsatkich 0,1 dan koʻp, agar aksi.yuz bersa u 0,1 dan kam boʻladi.

Oʻzbekistonda Xonadon xoʻjaligilarining jamgʻarishga moyillik koeffitsiyenti 2001 yil 0,53 boʻlsa, 2004 yil kelib 0,153 yetdi. Xonadon xoʻjaligi jamgʻarmasi 2 qismga ajraladi: investiiiyalangan va investitsiyalanmagan jamgʻarma. Xonadon xoʻjaligi inventitsiyasi moddiy va moliyaviy aktivlar hosil etishga yoʻnaltiriladi. Birinchi holda xonadon biznesda moddiy *kapital hosil etiladi, yaʼni imoratlar quriladi yoki ijaraga olinadi, asbob-uskuna, turli ashyolar xarid qilinadi. Dehqon xonadonida bu mahsuldor hayvonlarni koʻpaytirish, xoʻjalik obʼyektlarini qurishga pul sarflashdan iborat boʻlib, noisteʼmol tavsifidagi xara-jatlarni yuzaga keltiradi. Ikkinchi holda xonadon puli bankda jamgʻariladi, aksiya va obligatsiya olishga sarflanadi. 2003-yilda Oʻzbekistondagi Xonadon xoʻjaligilaridan chiqqan aksiya egalari 1.2 mln. nafar boʻlib, xonadon axlining 4% ni tashkil etdi. Investipion faollik oshgan yerda Xonadon xoʻjaligi qoʻlidagi umuman aktiv hosil etmandigan pul qoldigʻi qisqarib boradi. Oʻzbekistonda bunday pullar 2001-yilda Xonadon xoʻjaligi daroma-dining 3% ni, 2004-yilga kelib 1% ni tashkil etdi.

Xonadon xoʻjaligining investitsiya faolligi mamlakatning iqtisodny garaqqiyoti darajasiga va investitsiyalarda muqobil tanlovning borligiga bogʻliq. Shu sababli iqtisodiyot rivojlangan joyda Xonadon xoʻjaligining jami investitsiyalardagi hissasi ortib boradi. Ayni payda Xonadon xoʻjaligi isteʼmoli hajmi katta boʻlganidan bu milliy bozorni kengaytirib, iqtisodiy oʻsish uchun qulay sharoit hozirlaydi.

Hojimurod Ahmadjonov.