Xoliqiy Muhammadjon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xoliqiy Muhammadjon
Tavalludi 1890-yil
Vafoti 18-avgust 1938-yil (48 yosh)
Buxoro viloyati, SSSR
Fuqaroligi Rossiya imperiyasining bayrogʻi Rossiya imperiyasi SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi Oqituvchi


Xoliqiy Muhammadjon (1890-yil, Qoʻqon — 1938-yil 18-noyabr, Buxoro viloyati) — maʼrifatparvar pedagog.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muhammadjon Xoliqiy 1890-yilda Qo‘qonda tug‘ilgan, dastlab Qo‘qon madrasalaridan birida tahsil olgan, so‘ngra Buxoro madrasasida o‘qishni davom ettirgan. Buxoroda jadidchilik g‘oyalari bilan tanishgan, mashhur jadidchilar bilan yuzma-yuz suhbat qurgan. 1910 yil oʻz uyida yangi usul maktabini ochgan va bolalarni oʻqitgan; shoir Charxiy shu maktabda oʻqigan. 1917 yil Koʻqondagi „Taʼlimi maorif“ („Maorif tarqatish“) jadidlar tashkilotida sarkotib boʻlgan. 1917—26 yillarda Qoʻqondagi dorilmuallimin (1920-yildan taʼlimtarbiya texnikumi)da husnixat, ona tili va adabiyotdan dare bergan; dorilmualliminda yozuvchi Abdulla Qahhor, akad.lar T. Zohidov, J. Saidov oʻqigan. Ayni paytda 1918—28 yillarda Qoʻqondagi 11maktabda oʻqituvchi. 1929—30 yillarda va 1937-yildan millatchilikda ayblanib, hibsda boʻlgan. Turmada vafot etgan. 1913-yildan jadid matbuotida ilmmaʼrifatga doir maqolalarini eʼlon qilgan. „Turkiy alifbo“ darsligi (1916), „Jumhuriyat nima?“ (1917) risolasi muallifi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]