Xolid ibn al-Bukayr
Xolid ibn al-Bukayr ibn Abd Ya Layl ibn Noshib al-Laysiy[1] (arabcha: خالد بن البكير بن عبد يا ليل بن ناشب الليثي), shuningdek, Ibn Abu al-Bukayr nomi bilan ham tanilgan boʻlib, islom paygʻambari Muhammadning sahobasi edi. Badr, Uhud jangi va Safar oyida kechgan Rojidagi gʻazotda[note 1] qatnashgan[2].
Nasabi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nasabi Xolid ibn al-Bukayr ibn Abd Ya Layl ibn Noshib ibn Gʻayra ibn Saʼd ibn Lays ibn Bukayr ibn Abdumanof ibn Kinona al-Laysiy[1][note 2].
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xolid islomni birinchilardan qabul qilganlardan boʻlib, u aka-ukalari Amir, Iyos va Oqil ibn al-Bukayr bilan birga Dorul Arqamda bay’at qilgan[2]. Abu al-Bukayrning oʻgʻillari oilasi bilan Madinaga hijrat qilib, Rafoa ibn Abdulmunzir bilan birga yashagan[2]. Ibn Saʼdning qayd etishicha, paygʻambar Muhammad Xolidni Zayd ibn ad-Dasinna bilan birodar qilgan[2][3].
Xolid Badr va Uhud jangida qatnashgan va hijriy 4-yilning Safar oyida Rojidagi gaʼzotda 34 yoshida halok boʻlgan[2].
Izohlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Bu oʻrinda Hudayl qabilasi yerlarida, Asfondan sakkiz mil gʻarbda joylashgan, jang sodir boʻlgan joy nazarda tutilgan. Ar-Roji g‘azoti haqidagi rivoyat al-Buxoriyning (4086) „Kitobul-magʻoziy“ (Gʻazotlar kitobi) boʻlimidagi „Roji gʻazoti“ bobida, shuningdek, Ibn Hishomning „As-Sira“ asari (2/169) hamda Ibn Kasirning „As-Sira an-Nabaviyya“ asarida (3/123) keltirilgan.
- ↑ Nasabi, shuningdek, uning akasi Oqil ibn al-Bukayr orqali ham keltiriladi.