Kontent qismiga oʻtish

Xolid ibn Barmak

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Xolid ibn Barmak

770/771-yilda Xolid ibn Barmakning Tabariston viloyati hokimi boʻlgan davrida zarb qilingan Sosoniy uslubidagi yarim dirham kumush tanga
Tavalludi
nomaʼlum

709
Vafoti 781/782
Faoliyat yillari tax. 742–781/82
Otasi Barmak

Xolid ibn Barmak (arabcha: خالد بن برمك‎; 709[1] – 781/782-yil) – Barmakiylar sulolasining mashhur vakili. Ularning oilasi Balx shahridan chiqqan va buddizmga eʼtiqod qilgan, keyinchalik oila islomni qabul qilgan. VIII asrning ikkinchi yarmida Abbosiylar saroyida yuksak mavqega ega boʻlgan. Xolid ibn Barmak islomni 720-yillarda Umaviylar saroyida yashaganida qabul qilgan, biroq keyinchalik Xurosonda boshlangan Abbosiylar inqilobiy harakatiga qoʻshilib, Umaviylar sulolasini agʻdarishga katta hissa qoʻshgan. U birinchi Abbosiy xalifa as-Saffoh bilan yaqin aloqada boʻlgan, saroyda bosh vazir sifatida xizmat qilgan va hujjat yuritish tizimiga yangiliklar kiritgan. As-Saffohdan keyingi xalifa al-Mansur hukmronligi davrida siyosiy taʼsiri pasaygan boʻlsa-da, Xolid muhim viloyatlar, jumladan, Fors, Tabariston va Mosulni boshqargan. Xolid adolatli boshqaruvchi sifatida tanilgan, ayniqsa, soliqqa oid masalalarda halolligi bilan mashhur boʻlgan. Taxminan 775-yilda qisqa muddat uning obroʻsiga putur yetgan, biroq oʻgʻli Yahyo ibn Xolidning lavozimi koʻtarilishi ortidan mavqeini qayta tiklagan. Xolidning Abbosiylar sulolasi bilan aloqalari yanada mustahkamlangan. Uning nabirasi al-Fadl ibn Yahyo boʻlajak xalifa Horun ar-Rashid bilan shirxoʻr boʻlgan, oʻgʻli Yahyo esa shahzodaning murabbiyiga aylangan. Xolid ibn Barmak 781/782-yilda, Vizantiya imperiyasiga qarshi yurishdan qaytgach, vafot etgan.

  1. Bosworth 1994.