Xolid Butaib

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xolid Butaib
Butaib 2018-yilgi FIFA Jahon kubogida Marokash milliy terma jamoasi
safida oʻynamoqda
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 24-aprel 1987-yil (1987-04-24) (37 yosh)[1]
Tavallud joyi Bagnols-sur-Cèze, Fransiya
Boʻyi 1.93 m (6 ft 4 in)[2]
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Paris FC
Raqami 9
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2006—2007 Bagnols Pont
2007—2010 Uzès
2010—2011 Bagnols Pont 14 (7)
2011—2012 Uzès 33 (13)
2012—2013 Istres 0 (0)
2012—2013Uzès (ijara) 24 (6)
2013—2014 Luzenac 33 (8)
2014—2016 Gazélec Ajaccio 59 (12)
2016—2017 Strasbourg 34 (20)
2017—2019 Yeni Malatyaspor 48 (16)
Milliy terma jamoa
2016— Marokash 26 (9)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 21-fevral uchun)

Xolid Butaib (1987-yil 24-aprelda tugʻilgan; arabcha: خالد بوطيب) — professional futbolchi. U Liga 2 vakili Paris klubida hujumchi sifatida maydonga tushadi. Fransiyada tugʻilgan Butaib Marokash terma jamoasida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bagnols-sur-Cèze shahrida tugʻilgan[3] Butaib faoliyatini Bagnols Pont va Uzès safida boshlagan, u yerda 2011—2012-yilgi mavsumda Milliy chempionatga koʻtarilgan jamoaning bir aʼzosi boʻlgan. Butaib 2012-yil yozda Istresga qoʻshilgan. U professional debyutini 2012-yilning 7-avgustida Coupe de la Ligueda Clermon Footga qarshi o‘yinda (1:2) o‘tkazdi va Ludovic Genestning o‘rniga oʻyin yarmida maydonga tushdi.

Butaib iqtidorli talabaligi bilan ham oʻziga xosligini koʻrsatgan. U fransuz oʻrta maktabi imtihonida matematikadan maksimal 20/20 ball olgan. Biroq Butaib futbolchi sifatida faoliyatini davom ettirishni tanlagan[4].

Gazelec Ajaccio bilan shartnomasi tugaganidan soʻng, Butaib bir yillik shartnoma asosida Rasing Strasbourgga oʻtdi[5][6].

Butaib 2017-yil iyun oyida Turkiya Super ligasining yangi vakili Yeni Malatyaspor bilan shartnoma imzoladi[7]. 2019-yilda u Misrning Zamalek klubiga oʻtdi[8]. 2020-yil oktyabr oyida Butaib Fransiyaga qaytib, Le Havreda o‘ynadi[9].

2022-yilning 31-yanvarida Butaib Liga 2 vakili Paris klubi bilan 2023-yilning iyunigacha shartnoma imzoladi[10].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Butaib Fransiyada kelib chiqishi marokashlik ota-ona oilasida tug‘ilgan. U xalqaro miqyosda Marokashga vakillik qilish niyatida ekanligini maʼlum qilgan[11]. Butaib Marokash milliy terma jamoasiga Afrika Millatlar kubogi 2017 saralash bosqichi doirasida Kabo-Verdega qarshi oʻyin uchun chaqiruv oldi va 1:0 hisobidagi gʻalaba bilan kechgan uchrashuvda maydonga kech tushgan holda xalqaro miqyosdagi debyutini qildi[12].

2018-yilning may oyida u Marokashning 2018-yilda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionati uchun 23 nafar futbolchidan iborat tarkibiga kiritildi[13].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Butaib futbolchi Nassim Chadlining amakisi[14].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil 23-iyun holatiga koʻra[15]:
Marokash
Yil Ishtirok Gollar
2016-yil 5 2
2017-yil 9 4
2018-yil 9 3
2019-yil 3 0
Jami 26 9

Xalqaro gollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ballar va natijalar birinchi boʻlib Marokashning gollari roʻyxatini koʻrsatadi.
No. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2016-yil 15-noyabr Stade de Marrakech, Marokash, Marokash  Togo 1 — 1 2-1 Oʻrtoqlik uchrashuvi
2. 2 — 1
3. 2017-yil 1-sentyabr Prince Moulay Abdulloh stadioni, Rabot, Marokash  Mali 2 — 0 6-0 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi
4. 2017-yil 7-oktyabr Stade Muhammad V, Kasablanka, Marokash  Gabon 1 — 0 3-0
5. 2 — 0
6. 3 — 0
7. 2018-yil 23-mart Stadio Olimpico Grande Torino, Turin, Italiya  Serbiya 2 — 1 2-1 Oʻrtoqlik uchrashuvi
8. 2018-yil 25-iyun Kaliningrad stadioni, Kaliningrad, Rossiya  Ispaniya 1 — 0 2-2 2018 FIFA Jahon chempionati
9. 2018-yil 16-oktyabr Stade Said Mohamed Cheikh, Mitsamiouli, Komor orollari Komoros bayrogʻi Komor orollari 1 — 1 2-2 Afrika Millatlar kubogi 2019 saralashi

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • CAF Konfederatsiya kubogi: 2018—2019
  • Misr kubogi: 2018—2019

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „2018 FIFA World Cup Russia – List of Players“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association (2018-yil 4-iyun). 2018-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-iyun.
  2. „Khalid Boutaïb“. Paris FC. Qaraldi: 2022-yil 18-sentyabr.
  3. „Khalid Boutayeb“. L'Equipe. Qaraldi: 2015-yil 9-dekabr.
  4. „Khalid Boutaïb, des maths et des buts“.
  5. „Officiel – Khalid Boutaib rejoint Strasbourg“ (fr). Goal (2016-yil 7-iyul). Qaraldi: 2016-yil 8-iyul.
  6. „Khalid Boutaib (GFC Ajaccio) à Strasbourg (officiel)“ (fr). L'Equipe (2016-yil 8-iyul). Qaraldi: 2016-yil 8-iyul.
  7. Khalid Boutaïb signs pre-agreement with Yeni Malatyaspor‚ getfootballnewsfrance.com, 8 June 2017
  8. „Zamalek lure Morocco striker Khalid Boutaib from Turkey“. BBC Sport (2019-yil 6-yanvar).
  9. „Khalid Boutaïb retrouve la France !“ (fr). alsasports.fr (2020-yil 6-oktyabr).
  10. „Khalid Boutaïb s’engage avec le Paris FC“ (fr). Paris FC (2022-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 12-fevral.
  11. Okeleji, Oluwashina. „Ajaccio striker Khalid Boutaïb eyes call-up to the Morocco team“. BBC Sport (2015-yil 22-noyabr). Qaraldi: 2015-yil 9-dekabr.
  12. Football. „CAF - Competitions - Q CAN 2017 - Match Details“ (en-US). www.cafonline.com. Qaraldi: 2018-yil 6-aprel.
  13. „Boufal left out of Morocco squad“.
  14. News. „Football: in Nîmes Olympique, young people go on the attack“ (2021-yil 16-yanvar).
  15. Xolid Butaib at National-Football-Teams.com

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]