Xoldin Maxmataminov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xoldin Maxmataminov— 1885-yili tug‘ilgan, Urgut rayoni Qo‘yqishloq qishlog‘idan, o‘zbek, 1930-yili quloqqa tortilgan, 1929-yili aksilinqilobiy faoliyati uchun qatag‘on qilingan. 1931-yili davlat majburiyatini bajarmagani uchun 5 yil muddatga qamalgan, hibsga olingunga qadar imomlik qilgan. Aksilinqilobiy faoliyatida quloqlar bilan yaqindan aloqada bo‘lib doimiy ravishda kolxozchilar orasida isyonchi, targ‘ibot olib borgan, sovet hokimiyati bilan kurashishga chaqirgan, tez orada urush bo‘ladi va hukumatda o‘zgarish bo‘ladi, deb aytganlikda ayblangan. U ham otuvga, mol-mulki musodara qilishga hukm etilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 143 bet. ISBN 978-9943-00-240-1.