Xoji Akbarovich Hakimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Xoji Akbarovich Hakimov (1909.15.5 — Toshkent — 2001.23.11) — xirurg, gematologiya va transfuziologiya xizmati tashkilotchilaridan. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1969), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan vrach (1944). Tibbiyot fanlari nomzodi (1959). Oʻrta Osiyo tibbiyot institutini tugatgach (1933), shu institut xirurgiya klinikasida ordinator (1933—37), Ohangaron tuman shifoxonasi bosh vrachi (1937—38), Toshkent viloyati Sogʻliqni saklash boʻlimi boshligʻi (1938—39), Sogʻliqni saqlash xalq komissari oʻrinbosari (1939—40), urush qatnashchisi (1941—45), 1946 yildan respublika sogʻliqni saqlash vaziri muovini. Oʻzbekiston gematologiya va qon quyish ilmiy tadqiqot insgituti direktori (1961 — 84), 1985 yildan ilmiy maslahatchi.[1]

Ilmiy faoliyati gematologiya va qon quyish masalalariga oid.

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil