Xojaniyaz biy tas madrasasi
| Madrasa | |
![]() | |
| Mamlakat | |
| Hudud | Qoraqalpogʻiston |
| Tuman | Amudaryo tumani |
| Manzil | Qipchoq OFY |
| Maktab yoʻnalishi | Sunniy |
| Mulkdor | Davlat mulki. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi operativ boshqaruv huquqi asosida |
| Meʼmoriy uslub | Markaziy Osiyo meʼmorchiligi |
| Asosiy sana: | |
| Maqomi | Davlat himoyasida |
Xojaniyaz biy tas madrasasi (Tas madrasa; qoraqalpoqcha: Xojaniyaz biy tas medresesi; qoraqalpoqcha: Tas medrese) — arxitektura yodgorligi. Qoraqalpogʻistonning Amudaryo tumani Qipchoq OFYda joylashgan.
Madrasa oʻzbek hukmdori Olloqulixon davrida (1825—1842) Qipchoq shahri hokimi Xojaniyaz biy mablagʻlari evaziga eski masjid-madrasa oʻrnida pishiq gʻishtdan 40 kishiga moʻljallab 1841-yili bunyod etilgan. Unda 1 ta mudarris ilm bergan. Turkiston general-gubernatorligi davrida unda 20—30 nafar talaba taʼlim olgani haqida maʼlumotlar saqlanib qolgan. Bu davrda madrasadan xalq qozilari va koʻpgina bilimli kishilar yetishib chiqishgan[1].
Madrasa hozirda davlat muhofazasiga olingan — Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Карлыбаев 2002, s. 30—32.
- ↑ „Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi 846-sonli qarori“. Lex.uz. Qaraldi: 2021-yil 28-oktyabr.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Карлыбаев М.. Медресе в Каракалпакии XIX — начала XX вв.. Нукус: Билим, 2002 — 84-bet.
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
