Xoja Hasan Andoqiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Xoja hasan andoqiydan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Xoja hasan andoqiy, Abu Muhammad Hasan ibn Husayn alAndoqiy (1069, Buxorodagi Andoq qishlogʻi — 1157.2.11, Buxoro) — xojagonlik tariqatining yirik namoyandasi. Buxoro madrasalarida tahsil olgan. Xojagon — naqshbandiya tariqatining mashhur shayxi Xoja Yusuf Hamadoniyning isteʼdodli muridi va 2 xalifasi sifatida ustozi bilan birgalikda Xorazm va Bagʻdodga borgan. Oʻz umrini muridlar tarbiyalash bilan oʻtkazgan. Shuningdek, X.H.A. gpasavvufnint xojagonlik tariqatini ishlab chiqishda Abduxoliq Gʻijduvoniyta katta yordam bergan. "Rashahot" asarida yozilishicha, "u oʻz davrining buyuk shayxlaridan biri va tariqat yoʻlida eng yaxshi insonlardandir". Mashhur olim Samʼoniy Marvdagi Yusuf Hamadoniy xonaqosi va Buxorodagi xonaqoda ul zotdan hadis ilmini oʻrgangan.

Adabiyot[tahrir]

  • Abdulkarim asSamʼoniy, Nasabnoma (AlAnsob), Buxoro, 2003; Faxruddin Ali Safiy, Rashahot, T., 2003; Hasaniy M., Razzoqova M ., Xojagon tariqati va Xoja Hasan Andoqiy, T., 2003.