Xoja Bayram Valiy
Hoji Bayram Valiy (1352-yil – 1430-yil) – Bayramiya tariqati asoschisi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dastlab diniy ilmlarni egallagach, Bursa va Anqarada mudarrislik qilgan. Bursada ekan, dastlab naqshbandiya tariqati murshidi mashhur shayx Shamsiddin Muhammad al-Buxoriy bilan tanishgan. Keyinchalik, mudarrislikni qoʻyib, Qaysaridagi yassaviya tariqati murshidi shayx Hamiduddin Oqsaroiyga murid tushgan. Asl ismi Noʻmon edi. Qaysaridagi yassaviya tariqati murshidi Hamiduddin Oqsaroiy bilan birinchi marta qurbon hayiti bayrami kuni tanishgani uchun murshidi unga Bayram deb ism qoʻygan. Hoji Bayram Valiy murshidi bilan birga Shomga va u yerdan hajga ketgan. Qaytishda murshidining vafotiga qadar Qaysarida shayx hizmatida boʻlgan. Keyinchalik Anqarada vaʼzu irshod va zifasiga boshlagan. Qisqa vaqtda nomi har tarafga yoyilgan. Usmoniylar sultonlar ham juda katta ehtirom va xurmat qilishar edi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Turar, Usmon. Tasavvuf tarixi. Toshkent: Istiqlol, 1999 — 190-bet. ISBN BBK 86.38.