Xochesh?

Bu maqolani tinglang
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Xochesh?“
Zemfira qoʻshigʻi
Chiqarilgan sanasi 17-iyul 2000-yil
Yozib olingan 1999
Janr pop-rok, alternativ rok
Davomiyligi 3:17
Leybl REAL Records
Matn muallif(lar)i Zemfira
Bastakor(lar) Zemfira
Zemfira xronologiyasi
„Iskala“
(2000)
Xochesh?
(2000)
„P.M.M.L.“
(2000)
Klipi
„Xochesh?“ YouTubeda

Xochesh?“ (ruscha: Хочешь?, yaʼni, „Xohlaysanmi?“) — rossiyalik qoʻshiqchi Zemfira ijro etgan qoʻshiq. 2000-yilning 17-iyulida Zemfiraning „Prosti menya moya lyubov“ nomli ikkinchi studiyaviy albomining ikkinchi singli oʻlaroq chiqarilgan. Xonanda repertuaridagi eng taniqli taronalarning biri. Qoʻshiqning matnini ham, musiqasini ham Zemfiraning oʻzi yozgan.

Qoʻshiq uchun 2000-yilning mayida klip olingan. Klipdagi kadrlar 24-may kuni Moskva shahri koʻchalarida, 25-may kuni esa „Mosfilm“ kino studiyasi pavilonlarida yozib olingan. Klipga Pavel Vladimirskiy rejissorlik, Vlad Opelyans esa operatorlik qilgan. 2022-yilning iyul holatiga koʻra, klip YouTubeda 26 million martaga yaqin koʻrilgan.

„Xochesh?“ tanqidchilar tomonidan yuqori baholangan. „Znamya“ rus jurnalida qoʻshiqning adabiy tahliliga bagʻishlangan maqola chop etilgan[1]. Italyan adabiyotshunosi Massimo Maurizio taronani musiqiy sanʼat va adabiyot sintezi oʻlaroq baholagan. Maurizio qoʻshiq matnini 20-asrning ilk yarmida faoliyat yuritgan shoirlar, xususan, Igor Severyanin, Aleksanr Blok, Valeriy Bryusov hamda Vladimir Mayakovskiylar ijodiga qiyoslagan.

„Xochesh?“ qoʻshigʻini SSSR xalq artisti, xonanda va aktrisa Lyudmila Gurchenko kaver qilgan. Xususan, Gurchenko ashulani 2001-yil suratga olingan „Stariye pesni o glavnom. Postskriptum“ (ruscha: Старые песни о главном. Постскриптум) filmida ijro etgan[2]. 2011-yilda esa Gurchenko ijrosidagi versiya uchun Katya Tsarik rejissorligida klip olingan. Klipda Gurchenko bilan yillar davomida rol ijro etgan aktyor va aktrisalar, xususan, Yuriy Belov, Yuriy Nikulin, Andrey Mironov, Yevgeniy Yevstigneyev, Oleg Yankovskiy, Oleg Borisov, Aleksandr Abdulov hamda Aleksandr Kadyanovskiylarning golografik siymolari ishlatilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Moroz, Elvina „Abzats (Moskva)“ (ruscha). JZ. Znamya (2008). Qaraldi: 14-iyul 2022-yil.
  2. „История песни «Хочешь?» – Земфира“ (ruscha). Song Story. Qaraldi: 14-iyul 2022-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu maqolani tinglang (3 daqiqa)
noicon
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 13-avgust, 2022-yil(2022-08-13) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.