Xocalı tumani
|
| ||
| Tuman | ||
|---|---|---|
| Maʼmuriy markazi | Xoʻjali | |
| Asos solingan sanasi | 1991-yil 26-noyabr | |
| Hokim | Şahmar Usubov | |
| Aholi (2025) | 2 170 | |
| Millatlar tarkibi | ozarbayjon | |
| Dinlar tarkibi | musulmonlar | |
| Maydoni | 970 km² km² | |
| Kod ISO 3166-2 | AZ-XCI | |
| Telefon kodi | 102 | |
| Pochta indeksi | AZ2600 | |
| Xaritada | ||
|
| ||
| 39°54′0″N 46°47′0″E / 39.90000°N 46.78333°E | ||
Xocalı tumani (ozarbayjoncha: Xocalı rayonu) – Ozarbayjonning janubi-gʻarbiy qismida joylashgan maʼmuriy-hududiy birlik. Tuman markazi – Xocalı shahri[1][2].
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tuman hududi asosan togʻli relyefdan iborat. Eng baland nuqtalari – Qizqala (2 843 m) va Qirxqiz (2 824 m). Togʻli hududlardan tashqari joylarda iqlim yumshoq va iliq. Baland togʻ mintaqalarida subalp va alp oʻtloqlari keng tarqalgan.
Asosiy daryolari – Badara va Qarqarçay. Hududda togʻ-oʻrmon va togʻ-oʻtloq zonalari mavjud. Yer maydonlarining qariyb 40 foizi pista, joʻka, zarang va boshqa daraxt turlariga boy.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1991-yil 26-noyabrdagi Ozarbayjon Respublikasining 279-XII-sonli qonuni asosida Togʻli Qorabogʻ muxtor viloyati tugatildi[3]. Tugatilgan Askeron tumani negizida Xocalı tumani tashkil etildi.
Tuman Togʻli Qorabogʻ hududida aholi soni boʻyicha Şuşa tumanidan keyin ikkinchi oʻrinda boʻlgan.
Qorabogʻ mojarosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1991—1992-yillarda tuman hududining katta qismi arman qurolli kuchlari tomonidan bosib olindi. 1992-yildan boshlab u tan olinmagan Togʻli Qorabogʻ Respublikasi nazorati ostida boʻlib, mazkur tuzilmaning maʼmuriy-hududiy boʻlinishiga koʻra Askeron tumani tarkibiga kiritilgan edi.
1992-yil 26-fevralda Xocalı qirgʻini sodir boʻldi.
2020-yil 7-noyabrda Ikkinchi Qorabogʻ urushi davomida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Ozarbayjon armiyasi tomonidan Xocalı tumanidagi Qarabulaq, Quşçubaba (avval Moshxmaat[4], hozir Baharlı[5]) qishloqlari nazoratga olinganini eʼlon qildi[6].
2020-yil 9-noyabrda Prezident Ilhom Aliyev Dəmirçilər, Çanaqçı, Mədətkənd va Sığnaq qishloqlari ham Ozarbayjon nazoratiga oʻtgani haqida maʼlum qildi[7].
2023-yil 19—20-sentabr kunlari boʻlib oʻtgan jangovar harakatlar natijasida Ozarbayjon Xocalı tumani ustidan toʻliq nazoratni qayta tikladi.
Zamonaviy davr
[tahrir | manbasini tahrirlash]2024-yil 8-fevralda Askeron qal’asi yaqinida 13 nafar shaxsning jasadlari dafn etilgan joy aniqlandi. Taxminlarga koʻra, topilgan qoldiqlar Xocalı fojiasi qurbonlariga tegishli boʻlishi mumkin[8][9][10][11][12].
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2025-yil sentyabr holatiga koʻra, tuman aholisi 2 170 nafarni tashkil etadi[13].
Iqtisodiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]1991-yildan buyon tuman Yuqori Qorabogʻ iqtisodiy rayoni tarkibiga kirgan boʻlib, mazkur hudud 2021-yil 7-iyulda Qorabogʻ iqtisodiy rayoni deb qayta nomlangan[14][15].
2025-yil 9-may kuni Xanabad qishlogʻi hududida „Qoç Ət“ dehqon-fermer xoʻjalıgi MCHJga tegishli chorvachilik majmuasi foydalanishga topshirildi[16].
2025-yil 18-iyunda Daşbulaq qishlogʻida yillik quvvati 16,2 million dona gʻisht ishlab chiqarishga moʻljallangan Xocalı gʻisht zavodi ishga tushirildi. Zavod maydoni 1 gektarni tashkil etadi. Xomashyo manbai – Xocalı shahri yaqinidagi „Xocalı“ gil konidir[17].
2025-yil 23-dekabrda Ballica qishlogʻida „Accurate Az“ MCHJga qarashli ofis mebellari va mebel aksessuarlari ishlab chiqarish korxonasi ochildi[18].
Arxeologik qazilmalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tuman hududida miloddan avvalgi XIII—VII asrlarga mansub Xocalı–Gədəbəy madaniyati yodgorliklari mavjud. Bu yerda ustaxonalar, tuproq va toshdan yasalgan mozorqoʻrgʻonlar, ibodat maskanlari hamda pechlar mavjud. Qazilmalar davomida qadimiy buyumlar – bronza va kumushdan yasalgan mahsulotlar, neolit davriga oid mehnat qurollari, sopol koʻzalar, qozonlar, egarlik va jilov qismlari, bilakuzuklar, uzuklar hamda suyakdan ishlangan bezaklar topilgan. Tuman hududi sobiq SSSR davrida va keyinchalik ozarbayjonlik etnograflar tomonidan keng oʻrganilgan.
Xocalıdagi qadimiy qabristonlardan birida Ossuriya podshosi Adad-nirari I (mil. avv. 1307—1274-yillar) davriga oid mixxat yozuvi aniqlangan.
Shuningdek, fayans idishlar va shisha munchoqlar topilgan boʻlib, bu topilmalar mahalliy aholining Sharq mamlakatlari bilan savdo aloqalari boʻlganidan dalolat beradi.
Diqqatga sazovor joylari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tuman hududida quyidagi tarixiy va madaniy obidalar joylashgan:
- Soʻnggi bronza va ilk temir davrlariga oid nekropol.
- Milodiy IV—VII asrlarga mansub cherkovlar.
- Xaci Ali gumbazi (XIV asr).
- Dumaloq turba (1356-yil).
- Askeran qal’asi (1751-yil).
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „İnzibati ərazi bölgüsü təsnifatı, 2024“ (az). www.azstat.org. 2023-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 5-mart.
- ↑ İNZİBATİ ƏRAZİ BÖLGÜSÜ TƏSNİFATI, 2024. BAKI: AZƏRBAYCAN RESPUBLİKASININ DÖVLƏT STATİSTİKA KOMİTƏSİ, 2024 — 58-bet.
- ↑ „Azərbaycan Respublikasının Dağlıq Qarabağ Muxtar Vilayətini ləğv etmək haqqında“ (az). e-qanun.az (1991-yil 26-noyabr). 2012-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 4-mart.
- ↑ „Azərbaycan Respublikasının bəzi yaşayış məntəqələrinin tarixi adlarının bərpası və dəqiqləşdirilməsi haqqında Azərbaycan Respublikası Milli Məclisinin 29 dekabr 1992-ci il tarixli, 428 saylı qərarı“ (az). e-qanun.az. 2022-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-noyabr.
- ↑ „Azərbaycan Respublikasının Xocalı rayonunun Quşçubaba kəndinin Baharlı kəndi adlandırılması haqqında AZƏRBAYCAN RESPUBLİKASININ QANUNU“ (az). Azərbaycan Respublikasının Ədliyyə Nazirliyi Hüquqi aktların vahid elektron bazası (2020-yil 20-noyabr). 2022-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 30-yanvar.
- ↑ „Ильхам Алиев объявил об освобождении новых территорий“ (ru-RU). Зеркало.az (2020-yil 7-noyabr). 2020-yil 10-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 9-noyabr.
- ↑ „«Жили с чувством неполноценности» : Азербайджан после взятия Шуши у...“ (ru). Новости Украины(UAZMI). 2020-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 9-noyabr.
- ↑ „В Ходжалы обнаружено массовое захоронение - ФОТО“ (ru). Azertag (2024-yil 8-fevral).
- ↑ „В Ходжалинском районе обнаружено массовое захоронение - ФОТО“ (ru). 1news.az. 2024-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 9-fevral.
- ↑ „В Аскеране обнаружено массовое захоронение - ФОТО - ВИДЕО“ (ru). Day.Az (2024-yil 8-fevral). 2024-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 9-fevral.
- ↑ „Предполагается, что найденные в Аскеране останки принадлежат жителям Ходжалы - сотрудник Рабочей группы - ФОТО“ (ru). Day.Az (2024-yil 8-fevral). 2024-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 9-fevral.
- ↑ „Число человеческих останков, обнаруженных в массовом захоронении в Ходжалы, достигло 13“ (ru). Azertag (2024-yil 2-mart). 2024-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 4-mart.
- ↑ „Названа общая численность жителей Ханкенди, Агдеринского и Ходжалинского районов“ (ru). Day.Az (2025-yil 19-sentyabr). Qaraldi: 2025-yil 22-sentyabr.
- ↑ Сабина Шихлы Sputnik Азербайджан. „Президент утвердил новое деление экономических районов АР“ (ru). Sputnik Азербайджан. 2021-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-iyul.
- ↑ „Azərbaycan Respublikasında iqtisadi rayonların yeni bölgüsü haqqında Azərbaycan Respublikası Prezidentinin Fərmanı“ (az). president.az. 2021-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-iyul.
- ↑ „Ильхам Алиев принял участие в церемонии открытия животноводческого комплекса ООО Крестьянско-фермерское хозяйство Qoç Ət » Официальный сайт президента Азербайджанской Республики“ (ru). president.az. Qaraldi: 2025-yil 12-may.
- ↑ „Ильхам Алиев принял участие в открытии Ходжалинского кирпичного завода » Официальный сайт президента Азербайджанской Республики“ (ru). president.az. Qaraldi: 2025-yil 19-iyul.
- ↑ „Ильхам Алиев принял участие в открытии в селе Баллыджа Ходжалинского района предприятия по производству офисной мебели и аксессуаров для мебели ООО Accurate Az » Официальный сайт президента Азербайджанской Республики“ (ru). president.az. Qaraldi: 2025-yil 26-dekabr.