Xoanalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xoanalar (yun. choane — voronka, voronkasimon teshik) — ichki burun teshigi. X. ayrim baliklar va quruqlikda yashovchi hayvonlar uchun xos. Panja qanotli va ikki xil nafas oluvchi baliqlar, suvda va kuruklikda yashovchilar hamda koʻpchilik sudralib yuruvchilarning burun boʻshligʻi birlamchi X. orqali ogʻiz boʻshligʻiga ochiladi. Toshbaqalar, ayrim qushlar, ayniqsa, timsohlar va sut emizuvchilarda qattiq tanglay paydo boʻlishi tufayli burun boʻshligʻining keyingi qismi choʻzilib, halqumning yuqori qismiga ochiladigan ikkilamchi X. (boʻgʻiz)ni hosil qiladi. Hosil boʻlgan nafas nayi ogiz boʻshligʻida ovqat boʻlganida ham nafas olishga imkon beradi.