Azmiddin Xoʻjayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Xo‘jayev Azmiddindan yoʻnaltirildi)

Azmiddin Xoʻjayev (1892 – Toshkent – 1946) – shaxmatchi. Oʻzbekistonning birinchi chempioni (1930, Samarqand). Xoʻjayev 1924-yildan Oʻzbekistonda zamonaviy shaxmat qridalarini targʻib etishga boshchilik kiday. Yetakchi shaxmatchilarni taklif etib, ommaviy musobaqalar uyushtirdi, shaxmat toʻgaraklari ochdi. Toshkentning Eski shahar kismida jonli shaxmat (har bir sipohga xos kiyingan odamlar ishtirok etuvchi) oʻyinlarini tashkil etdi. Xayrulla Abdullayev, Aleksandr Ayrapetov, Ulugʻbek Elbekov kabi iqtidorli shaxmatchilarning kamol topishiga koʻmaklashdi. 1972-yildan Oʻzbekistonda Xoʻjayev xotirasiga bagʻishlangan anʼanaviy musobaqalar oʻtkazib kelinadi.