Xoʻja qurbon madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Xoʻja qurbon madrasasi - Qarshidagi meʼmoriy yodgorlik (18-asr). Madrasa murabba tarxli (21,25x21 m), bosh tarzi peshtoq bilan ajratilgan, pishiq gʻisht (21x24x4 sm)dan kurilgan. Kichik hovli (10,7x9,1 m) atrofi hujralar bilan oʻralgan; hujralar murabba tarxli, balxi gumbazli. Peshtokdan gumbazli miyonsaroy orqali hovliga oʻtiladi. Miyonsaroyga faqat bir tomondan murabba tarxli darsxona tutash (darsxona devorlariga tokchalar ishlab kengaytirilgan, gumbazi qalqonsimon bagʻallarga tayangan), darsxonaning qaramaqarshi tomonini bir juft tor hujralar egallagan. X.Xoʻja qurbon madrasasi sirti silliklangan gʻishtlar bilan tekis ishlangan.