Xoʻja Xisrav

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xoʻja Xisrav
KhujaKhisravTomb 02.jpg
Xoʻja Xisrav maqbarasi, Karmana. 2008-yil qurilgan
Tavalludi XIV asr
Samarqand
Vafoti Karmana
Istiqomat joylari Samarqand, Karmana
Sohasi Naqshbandiya
Dini islom

Xoʻja Xisrav (Xoʻja Xisrav Karminiy, Xoja Xusrav, Xoja Xusrav al-Amiriy al-Karminiy; XIV asrda yashagan) — samarqandlik xoʻjalardan boʻlgan shayx. Naqshbandiya tariqatining targʻibotchisi. Oʻz davrida islom dinining peshvosi, turli karomatlar sohibi sifatida tanilgan. Qabri Karmana shaharchasidagi Xoʻja Xisrav maqbarasida.

Hayoti va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xoʻja Xisravning hayoti haqida juda kam maʼlumot saqlangan. Hatto uning tugʻilgan va vafot etgan yillari ham nomaʼlum. Yetib kelgan maʼlumotlarga koʻra Xoʻja Xisrav samarqandlik xoʻjalar avlodidan boʻlib, Bahouddin Naqshband, Mavlono Orif Deggaroniylar bilan bir davrda yashagan va ular bilan muloqotda boʻlgan. Xalq orasida islom dinining peshvosi va avliyo sifatida nom qozongan. U Naqshbandiya tariqatiga amal qilgan hamda uni keng targʻib qilgan. Samarqanddan Karmanaga koʻchib oʻtgan, umrining oxirigacha shu yerda yashagan[1].

Tarixiy qoʻlyozmalarda eslanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xoʻja Xisrav haqida ayrim tarixiy asarlarda yozib qoldirilgan. Jumladan, Abul Muhsin Muhammad Boqir ibn Muhammad Alining „Bahouddin balogardon“ asarida Mavlono Orif Deggaroniydan quyidagi gaplar keltirilgan:

Xotira[tahrir | manbasini tahrirlash]

Karmana shaharchasidagi Xoʻja Xisrav qabristoniga kirish eshigi oldida ilingan toshlavha

Karmana shaharchasida joylashgan Xoʻja Xisrav qabri ustida 2008-yil maqbara qurilgan[3]. Xoʻja Xisrav qabri yaqinida joylashgan qabriston Xoʻja Xisrav qabristoni deb nomlanadi. Karmanada Xoʻja Xisrav nomida 11 ustunli masjid ham boʻlgan, hozirda saqlanib qolmagan[2]. Shuningdek, Karmana shaharchasi janubida joylashgan mahallaga Xoʻja Xisrav nomi berilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Zaripov, Shernazar 2021, s. 84.
  2. 2,0 2,1 Zaripov, Shernazar 2021, s. 85.
  3. Zaripov, Shernazar 2021, s. 86.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Azamat Zaripov, Shoyim Shernazar. Karmana kechmishi. Toshkent: Sahhof, 2021 — 192 bet. ISBN 978-9943-6665-8-0.