Xoʻja Parixontepa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xoʻja parixontepa, Xoʻja Farxon — Toshkentdagi ilk oʻrta asrlarga oid arxeologik yodgorlik, otashparastlar qabristoni (mil. 67-asrlar). Beruniy shohkoʻchasi bilan Niyozov koʻchalari kesishgan yerda joylashgan. 1988 yil Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasi (M.I. Filanovich) tomonidan oʻrganilgan. X. P. marhumlar ossuariylarda dafn etilgan nekropol ekanligi aniqlangan. X. P. ning oʻtmishda bal. 5 m boʻlgan. X. P.ning ustki qatlami 20-asr boshida qabriston boʻlib Tojik mozor deb atalgan. X.P.da qoraxoniylar davrida xumdon boʻlgan. X. P.dan topilgan koʻplab ossuariylar Choch va Iloq aholisi oʻrtasida islomdan avval zardushtiylik keng tarqalgani, Sugʻd va Xorazm bilan yaqindan aloqalar mavjud boʻlganidan dalolat beradi. X.P. oʻrnida hozir zamonaviy binolar bunyod etilgan.