Xoʻja Ilgʻor va Mulla Ismatulloh qori ziyoratgohlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xoʻja Ilgʻor va Mulla Ismatulloh
qori ziyoratgohlari
Joylashuv Rishton tumani, Farg'ona viloyati
Turi Ziyoratgoh
Qurilish tamomlangan XIX asr
Xarita
Map
Ziyoratgohning xaritada koʻrinishi
Koordinatalari 40°34′40″N 71°27′09″E / 40.57778°N 71.45250°E / 40.57778; 71.45250 G OKoordinatalari: 40°34′40″N 71°27′09″E / 40.57778°N 71.45250°E / 40.57778; 71.45250 G O

Xoʻja Ilgʻor va Mulla Ismatulloh qori ziyoratgohlari — Oʻzbekistondagi madaniy meros obyekti[1]. Bu joy Farg'onadagi diqqatga sazovor joy hisoblanib, unda maqbaralar, chillaxona gʻori, qorixonalar, ayvonlar, bogʻ va oromgoh mavjud[2]. Ushbu ziyoratgoh XIX asrda bunyod etilgan. Fargʻona viloyatining Rishton tumanida joylashgan. Obyekt manzili: „Xoʻja Ilgʻor“ MFY.

Yuridik holati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu ziyoratgoh Fargʻona viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida)gi davlat mulki hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktyabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan vs davlat muhofazasiga olingan[3][4][5].

Mahammad Hanafiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xoʻja Ilgʻorning asl ismlari Muhammad Hanafiya boʻlgan[6]. U kishi hazrat Alining Hanifa ismli ayollaridan tugʻilgan. Shuning uchun u kishini Muhammad Hanafiya deb nomlashgan. Xoʻja Ilgʻor laqabi bilan nomlanishlariga sabab Xoʻja — paygʻambar avlodi boʻlganlari, Ilgʻor — soʻzi qoʻshin boshligʻi maʼnosini anglatgan[6].

Mulla Ismatulloh qori[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xoʻja Ilgʻor masjidi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ziyoratgoh yonida Xoʻja Ilgʻor masjidi joylashgan. Masjid 1916-yilda qurilgan. Masjid Hoji Shokir Mingboshi say-harakatlari bilan bunyod etilgan[6].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]