Xoʻjapiryox togʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Xo`japiryox Tog`idan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Xoʻjapiryox togʻi - Boysun tizmasining sharqiy tarmoqlaridan biri. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari chegarasida, Toʻpolondaryoning oʻng sohilida joylashgan. Deyarli kenglik boʻylab 30 km ga choʻzilgan. Bal. 3500–4000 m, eng baland joyi 4425 m (Xoʻjapiryox choʻqkisi). Suvayirgʻich qismining baʼzi joylari tekis, koʻp qismi qoyalardan iborat. Shimoliy, sharqiy va janubiy yon bagʻirlari Toʻpolondaryo va uning irmoqlari bilan zich va chuqur kesilgan (ularning koʻpchiligi dara shakliga ega). Qad. muzlik relyef shakllari (troglar, morena uyumlari) hamda kichik hozirgi zamon muzliklari va doimiy qor qoplamlari uchraydi. Yiliga 700–800 mm yogʻin tushadi. Tipik qoʻngʻir, och qoʻngʻir oʻtloq dasht baland togʻ tuproqlari tarqalgan. Oʻt oʻsimliklar oʻsadi, archazorlar bor. Xoʻjapiryox togʻi yaylov sifatida foydalaniladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Xoʻjapiryox togʻi" OʻzME. X-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil