Xoʻjamqulibek Balxiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Xo`jamqulibek balxiydan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Xoʻjamqulibek balxiy - Imomquli oʻgʻli (taxallusi Qipchokxon) (17-asr oxiri — 18-asrning 1-yarmi) — tarixchi olim va davlat arbobi. Otasi Imomquli qoʻshbegi Subhonqulixon saroyida xizmat qilgan. X.B. Balx hokimi huzurida siyosiy faoliyat boshlagan. 1692—93 yillarda Xiva qoʻshinlari Qorakoʻlga bostirib kelganida X.B. otasi bilan birgalikda Mahmudbiy qatagʻon rahbarligida dushmanga qarshi kurashgan. Otasini Makkaga haj safariga kuzatib borgan (1695—96) va orqaga qaytishda Panjobda qolishgan. Chunki bu paytda Balx hukmdori Mahmudbiyning markaziy hokimiyat (Buxoro)ga nisbatan ayirmachilik siyosati natijasida Balxda siyosiy ahvol murakkablashgan edi.

X.B. Panjobning poytaxti — Lohurda yashab, mahalliy noib Abdul Samadxonga bagʻishlab 1718—24 yillarda fors tilida "Tarixi Qipchokxon" ("Qshgchoqxon tarixi") asarini yozadi. Asar mukaddima, 9 ta bob va xotimadan iborat. Asarning oxirgi bobida shayboniylar va ashtarxoniylar, Oʻzbek ulusi xoni Abulxayrxonsan boshlab 1724 yilgacha Dashti Qipchoq, Movarounnahr, Xuroson, Shim.Afgʻoniston, Sharqiy Turkiston, Eron, Hindistonda yuz bergan muxim siyosiy hodisalar tasvirlangan. Hatto Turkiya va Misr tarixidan ham ayrim lavhalar keltirilgan. Asarda temuriyzoda Sulton Abu Sayd bilan Abulxayrxon oʻrtasida tuzilgan ittifoq, Buxoroda qalmiqlar, qipchoklar, qoraqalpoqlar, xitoyqipchoqlar koʻtargan qoʻzgʻolonlar (1681, 1715-16, 1718-19) haqida ham muhim maʼlumotlar bor. Asar qoʻlyozmasi Oʻzbekiston FA Sharkshunoslik instituti fondida ham saklanadi.