Xoʻjamazgil makoni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Xo`jamazgil makonidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Xoʻjamazgil makoni - yuqori paleolit davriga oid makon. Samarkand viloyati Bulungʻur tumanining Xoʻjamazgil qishlogʻi yaqinidagi qoya bagʻrida joylashgan. Maydoni taxminan 3 ga. Oʻzbekiston FAning Tarix va arxeologiya instituti xodimlari oʻrgangan (1969). Xoʻjamazgil makonidan koʻplab tosh qurollar, xilmaxil pichoqlar, qirgʻichlar, keskichlar, tosh boltalar, nukleuslar, tosh parrakchalar va plastinkalar topilgan.