Xoʻjakent GES

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Xo`jakent gesdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Xoʻjakent ges - Chirchiq daryosining yuqori qismida, Chorvoq GES dan quyirokda. Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Qoronkoʻl qishlogʻi yaqinida joylashgan. Oʻrta Chirchiq GESlar kaskadi tarkibiga kiradi. Styada umumiy kuvvati 165 MVt boʻlgan 3 gidroagregat oʻrnatilgan. GES qurilishi 1971 yilda boshlangan. 1gidroagregati 1976 y. 10 dek.da foydalanishga topshirilgan, keyingi 2 agregati 1977 yilda ishga tushirilgan.

GES gidrouzeli tarkibiga bal. 40 m, uz. 597 m li toʻgʻon, 3 ta suv tashlama inshoot, stya binosi kiradi. GESdan elektr quvvati 110 kV kuchlanishli elektr uzatish liniyasi orqali sanoat korxonalariga yetkazib beriladi. 2003 yilda 688,1 mln. kVtsoat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Oʻrta Osiyo "Energiya" birlashgan energetika tizimiga ulangan.