Xoʻja Alambardor maqbarasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Xo`ja alambardor maqbarasidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search
Xoʻja Alambardor maqbarasi
Chillaxona fonusi

Xoʻja Alambardor maqbarasiToshkentdagi meʼmoriy yodgorlik (19-asr); Kamolon qabristonida. Xoʻja Abdul Aziz Alambardor (alambardor — bayroqdor) nomi bilan maʼlum boʻlgan shaxsga atab qurilgan. Maqbara gʻishtdan bezaksiz qurilgan. Peshtoqgumbazli, toʻrtburchak tarhli (8,87x8,0 m), balandligi gumbazi bilan 10,3 m. Peshtoq orqali murabba tarhli (6,08x6,08 m) xonaga kiriladi. Xonaning gumbaz osti bagʻallaridagi gʻishtlar mavj usulida terilgan. Maqbara sharqidan 9 m naridagi chillaxona yer ostida joylashgan boʻlib, chortoq tarhli fonusi yer yuziga turtib chiqqan, ichki devorlari chuqur ravoqli. Unga zinapoya orqali tushiladi.