Xoʻja ahmad abbos

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Xo`ja ahmad abbosdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Xoʻja ahmad abbos (1914.7.6, Panipat shahri — 1987, Bombay) — hind yozuvchisi, kinodramaturg , rejissyor Urdu va ingliz tillarida ijod kilgan. Talabalik yillaridayoq milliy ozodlik harakatida ishtirok qilgan. "Ertangi kun bizniki" (1945), "Toʻrt qalb, toʻrt yoʻl" (1959) kabi romanlarida, qoʻp sonli hikoyalari ("Oʻgʻlim — dushmanim", "Tosh toʻshak ustida ming kecha", "Guruch" va boshqalar)da, "Zubayda" (1941), "Ananas va atom bombasi" (1943), "Mangulik" (1951) kabi pyesalarida, "Daydi", "Janob 420", "Uch dengiz osha sayohat" (M. Smirnova bilan hamkorlikda) filmlariga yozgan ssenariylarida jiddiy ijtimoiy muammolar yoritilgan, bu asarlar kuchli dramatizmi bilan diqqatga sazovor. Rej. sifatida dastlabki asari — ingliz mustamlakachilarini ayblovchi "Yer farzandlari" filmi (1946)da xalq turmushi real aks etgan. "Shahar va orzu", "Bombay tun ogushida", "Ikki tomchi suv" kabi filmlarida hayot haqkrniy tasvirlangan. Bombayda kino firmasi bor. Bir necha marta Oʻzbekistonga (jumladan, 2Toshkent kinofestivali, 1972) kelgan.