Xoʻja Sinon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Xo`ja Sinondan yoʻnaltirildi)

Xoʻja Sinon (1489, Qayseri1588, Istanbul) — turk meʼmori va muhandisi, 1538-yildan Sulton Sulaymon I huzurida bosh meʼmor. Xoʻja Sinon Vizantiya meʼmorligini ijodiy oʻrgangan. Uning bevosita rahbarligida juda koʻp saroy, masjid, maqbara, istehkom, koʻpriklar va boshqa inshootlar bunyod etilgan. U yaratgan binolar, asosan, markaziy gumbazli boʻlib, ulugʻvorligi, interyerlarining kengligi va hashamatliligi, yaxlit mujassamoti bilan diqqatga sazovor: Istanbuldagi Shahzoda masjidi (1548), Sulaymoniya masjidi (1557), Edirnedagi Salimiya masjidi (1575), Yevpatoriya masjidi (1552) masjidlari va boshqa[1][2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]