Xoʻjaobod

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Xo'jaoboddan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search
Shahar
Xoʻjaobod
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Andijon viloyati
Tuman Xoʻjaobod tumani
Koordinatalari 40°40′0″N 72°34′0″E / 40.66667°N 72.56667°E / 40.66667; 72.56667Koordinatalari: 40°40′0″N 72°34′0″E / 40.66667°N 72.56667°E / 40.66667; 72.56667
Aholisi 12 831[1] nafar (1989)
Vaqt mintaqasi UTC+5
Xoʻjaobod (Oʻzbekiston)
Xoʻjaobod

XoʻjaobodAndijon viloyati Xoʻjaobod tumanidagi shahar (1981 yildan), tuman markazi. Viloyat markazi (Andijon)dan 25 km. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Gurunchmozor (10 km). Aholisi 17 ming kishi (2004). Xoʻjaliklari va aholisi Jan. Fargʻona kanalidan suv oladi. Shahar nomining kelib chiqishini mahalliy tarixchi va toponimistlar mashhur ulamo Xoja Abdullo Mavloniy Qozi bilan bogʻlaydilar. X.da 7 sanoat korxonasi, shu jumladan, paxta tozalash zavodi, taʼmirlash va qurilish korxonalari, 2 qoʻshma korxona, dehqon bozori, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud. 5 umumiy taʼlim maktabi, gimnaziya, qurilish kasb-hunar kolleji, 2 kutubxona, madaniyat uyi, shoshilinch tibbiy yordam boʻlimi, kasalxona, tuman tugʻruq majmuasi, dorixona va boshqa tibbiy muassasalar faoliyat koʻrsatadi. Shahar hududidan Andijon — Oʻsh avtomagistrali oʻtgan.

Yana bu viloyatda Shahzodbek Usmonov tug'ilgan.

Manbalar[tahrir]