Xoʻjanazar Huvaydo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Xo'janazar Huvaydodan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search
Oʻzbek adabiyoti

Milodiy VII asrgacha
VIII-XIII asrlar (Qadimgi)

XIV-XV asrlar (Temuriylar davri)
XVI-XIX asrlar (Mumtoz)

XIX-XX asrlar (Milliy uygʻonish)
1905-30 yillar (Jadid davri)
1930-80 yillar (Sovet davri)
1990 yillaridan keyin (Mustaqillik)

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Xoʻjanazar Huvaydo (1704—1780) Isteʼdodli shoir, tasavvuf adabiyotining yirik namoyandasi. Xoʻjanazar Gʻoyibnazar oʻgʻli Chimyonda (1704) tugʻilgan. Nasl-nasabi oʻshlik boʻlib, otasi Gʻoyibnazar Sharq olamida mashhur qashqarlik Ofoq Xojaning muridi boʻlgan. Huvaydo dastlab Chimyonda, keyin Qoʻqon madrasalarida tahsil oldi. Chimyonda (1780) vafot etgan, qabri oʻsha yerda.

Huvaydoning devoni yetib kelgan, uning bir necha nusxalari bor. Devonga shoirning gʻazal, ruboiy, toʻrtlik, muxammas, musaddas, musamman, mustazod, masnaviy kabi sheʼriy janrlarda yaratgan asarlari va «Rohati dil» dostoni kiritilgan. Doston 30 bobdan va Ibrohim Adham qissasidan iborat. «Rohati dil» diniy-taʼlimiy asar. Unda islom va tasavvuf taʼlimotining umuminsoniy gʻoyalari ibratli hikoyatlar vositasida bayon etiladi.

Huvaydo asarlarining qoʻlyozma nusxalari turli fondlarda saqlanmoqda. (Devoni Huvaydo. SamDU FK, inv. № 3903; Bayozi Haziniy OʻR FA ShI inv. № 4184..).

Adabiyotshunoslikda Huvaydo ijodini oʻrganish borasida ancha ishlar amalga oshirilgan. Asarlari nashr etilgan. OʻzMUda ham Huvaydo ijodini oʻrganish borasida chuqur tadqiqotlar olib borilmoqda. Devoni tabdil etilgan. Asp.E.Rahmonov «Rohati dil» dostoni poetikasi" mavzusida ilmiy-tadqiqot (ilm. rahbar prof. H.Boltaboev) olib bormoqda.


Nashr qilingan asarlari[tahrir]

  • Huvaydo. Devon. — T.: OʻzMU, Oʻzbek mumtoz adabiyoti kaf., inv.29;
  • Bayozi Haziniy. OʻR FA ShI, inv. 4184;
  • Huvaydo. Tanlangan sheʼrlar. — T.: 1961;
  • Xoʻjanazar Huvaydo. Rohati dil. — T.: 1994.

Ilmiy adabiyot[tahrir]

  • Jalolov T. Bonu. — T.: 1961;
  • Oʻzbek adabiyoti. 3-jild. — T.:, 1978;
  • N.Jumaxoʻja. Huvaydo merosining maʼnaviy-maʼrifiy mohiyati. -T.: 1995.