Xoʻjakent GES

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Xo'jakent Gesdan yoʻnaltirildi)

Xoʻjakent ges - Chirchiq daryosining yuqori qismida, Chorvoq GES dan quyirokda. Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Qoronkoʻl qishlogʻi yaqinida joylashgan. Oʻrta Chirchiq GESlar kaskadi tarkibiga kiradi. Styada umumiy kuvvati 165 MVt boʻlgan 3 gidroagregat oʻrnatilgan. GES qurilishi 1971-yilda boshlangan. 1gidroagregati 1976-yil 10 dekabrda foydalanishga topshirilgan, keyingi 2 agregati 1977-yilda ishga tushirilgan.

GES gidrouzeli tarkibiga bal. 40 m, uz. 597 m li toʻgʻon, 3 ta suv tashlama inshoot, stya binosi kiradi. GESdan elektr quvvati 110 kV kuchlanishli elektr uzatish liniyasi orqali sanoat korxonalariga yetkazib beriladi. 2003-yilda 688,1 mln. kVtsoat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Oʻrta Osiyo "Energiya" birlashgan energetika tizimiga ulangan.